{"id":97572,"date":"2023-08-05T08:54:16","date_gmt":"2023-08-05T05:54:16","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=97572"},"modified":"2023-08-05T08:54:20","modified_gmt":"2023-08-05T05:54:20","slug":"leksikografiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/leksikografiya\/","title":{"rendered":"Leksikografiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Leksikografiya (leksika va &#8230; grafiya) \u2014 1) lug&#8217;atlar tuzish, amaliy lug&#8217;atchilik. Amaliy lug&#8217;atchilik lug&#8217;atlar tuzish barobarida bir qator ijtimoiy muhim vazifalarni bajaradi: o&#8217;z va o&#8217;zga tillarni o&#8217;rganish; ona tilini tavsiflash va me&#8217;yorlashtirish (izohli, imlo va boshqa turdagi lug&#8217;atlar yordamida); tillararo aloqa-munosabatni ta&#8217;minlash (ikki va ko&#8217;p tilli lug&#8217;atlar, so&#8217;zlashgichlar); muayyan til leksikasini ilmiy o&#8217;rganish (etimologik, tarixiy lug&#8217;atlar) va boshqalar. Leksikografiya lug&#8217;at tuzish ishi sifatida turli xalqlarda yozuv taraqqiyotining ilk bosqichlarida u yoki bu tushunarsiz (eskirgan, dialektal, maxsus yoki chet tilga mansub) so&#8217;zning qanday ma&#8217;no anglatishini bilish ehtiyoji natijasida paydo bo&#8217;lgan. Dastlabki tuzilgan lug&#8217;atlar umumlashgan, universal xususiyatga ega bo&#8217;lgan (lug&#8217;atlarning turli shakllari, ko&#8217;rinishlari keyingi davrlarda yuzaga kelgan). O&#8217;zbek Leksikografiyasi tarixi Mahmud Koshg&#8217;ariyning &#8220;Devonu lug&#8217;otit turk&#8221; asaridan boshlangan deb aytish mumkin. Ushbu lug&#8217;at faqat so&#8217;zlar va ularning ma&#8217;nolarini tavsiflab qolmasdan, turkiy xalqlar tarixi, urf-odatlari, Geografik joylashuvi kabi keng ma&#8217;lumotlar manbai hisoblanadi. Shu bilan birga u dastlabki ikki tilli (turkiycha-Arabcha) lug&#8217;atlardandir. Mahmud Zamaxshariy o&#8217;zining &#8220;asos ul-balog&#8217;a&#8221;, &#8220;Muqaddimat ul-adab&#8221; asarlari bilan ham amaliy, ham nazariy Leksikografiyaning rivojiga ulkan hissa qo&#8217;shdi. Alisher Navoiy ijodiga bo&#8217;lgan katta qiziqish 15-asrdan keyingi davrda bir qancha lug&#8217;atlarning yaratilishiga sabab bo&#8217;ldi: &#8220;Abushqa&#8221; (16-asr, Turkiya) izohli lug&#8217;ati, tole imoni Hiraviyning &#8220;Badoe ul-lug&#8217;at&#8221;, Muhammad Rizo xoksorning &#8220;Muntaxab ul-lug&#8217;ot&#8221;, Mirzo Mahdiyxonning &#8220;Sangloh&#8221;, shuningdek, Muhammad Yoqub Chingiyning &#8220;Kelurnoma&#8221;, &#8220;Sulaymon Buxoriyning &#8220;Lug&#8217;ati chig&#8217;atoiy va turki Usmoniy&#8221; (&#8220;Chig&#8217;atoycha-turkcha lug&#8217;at&#8221;), Ishoqxon Ibratning &#8220;lug&#8217;ati sitta as-sina&#8221; (&#8220;Olti tilli lug&#8217;at&#8221;) kabi lug&#8217;atlarini ko&#8217;rsatish mumkin. 19-asr oxiri va 20-asr 1-choragida turli xil sabab va ehtiyojlar, davr taqozosi bilan Turkistonda ikki tilli Leksikografiya rivoj topdi, o&#8217;nlab ruscha-o&#8217;zbekcha, o&#8217;zbekcha-ruscha lug&#8217;atlar, so&#8217;zlashgichlar tuzilib nashr etildi. V.M.Nalivkin va M.Naivkinalarning 1884-1912 yillar mobaynida bir necha marta nashr etilgan &#8220;Russko-Sartovskiy i sartovsko-russkiy slovar&#8221; (&#8220;ruscha-sartcha va sart-charuscha lug&#8217;at&#8221;), Ashurali zohiriy tomonidan 1927 yilda tuzilib, nashr ettirilgan 2 jildli &#8220;ruscha-O&#8217;zbekcha mukammal lug&#8217;at&#8221; keyingi davrlarda O&#8217;zbekistonda yaratilgan ikki tilli lug&#8217;atlar uchun asos bo&#8217;ldi. Hozirgi kungacha 10 ga yaqin xorijiy til bilan o&#8217;zbekchani qiyoslovchi ko&#8217;plab tarjima lug&#8217;atlari, fan sohalariga oid 100 dan ziyod bir, ikki va uch tilli terminologik lug&#8217;atlar yaratildi. O&#8217;zbek xalqi tarixida birinchi marta &#8220;O&#8217;zbek tilining izohli lug&#8217;ati&#8221; tuzilib, nashr etildi (1981). 20-asr o&#8217;zbek lug&#8217;atchiligi rivojiga A.Zohiriy, A.Qodiriy, E.D.Polivanov, A.K.Borovkov, V.V.Reshetov, S.Ibrohimov, Olim Usmon, Z.Ma&#8217;rufov, Sh.T. Rahmatullaev, N.Mamatov, A.Hojiev, T.Aliqulov va boshqalar munosib hissa qo&#8217;shdilar. Respublika mustaqilligi tufayli o&#8217;zbek Leksikografiyasi oldiga yangi davr talablariga javob beradigan entsiklopedik va lingvistik lug&#8217;atlar yaratish vazifasi qo&#8217;yilgan va bu vazifa o&#8217;z o&#8217;rni bilan amalga oshirilmoqda; 2) tilshunoslikning lug&#8217;atchilik nazariyasiga oid sohasi, lug&#8217;atshunoslik; lug&#8217;at turlari va ularni tuzishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish bilan shug&#8217;ullanadi. Nazariy Leksikografiya bir qancha muammolarni qamrab oladi: lug&#8217;atlarning umumiy tipologiyasini va yangi turdagi lug&#8217;atlarni ishlab chiqish; lug&#8217;at makrostrukturasini ishlab chiqish (so&#8217;zlarni tanlab olish, so&#8217;z va lug&#8217;at maqolalarini joylashtirish tartibi, omonimlarni belgilash, lug&#8217;at tarkibiga havola materiallarni kiritish); lug&#8217;at mikrostrukturasini, ya&#8217;ni har bir lug&#8217;at maqolasini ishlab chiqish (so&#8217;zga grammatik va fonetik izoh berish, so&#8217;z ma&#8217;nolarini ajratish va tasniflash, dalil sifatidagi illyustrasiyalar turlari, ta&#8217;riflash turlari, belgilar tizimi, so&#8217;z etimologiyasi haqidagi ma&#8217;lumotlar) va boshqalar. Leksikografiya tilshunoslikning barcha bo&#8217;limlari, ayniqsa, leksikologiya bilan o&#8217;zaro bog&#8217;liq. Leksikografiya ham amaliy, ham nazariy soha sifatida leksikologiya, uslubshunoslik, fonetikaga hamda til tarixi, tilning grammatik qurilishi haqidagi ta&#8217;limotga suyangan holda ish ko&#8217;radi. Zamonaviy Leksikografiya muayyan davr jamiyatidagi bilimlar majmuini aks ettiruvchi lug&#8217;atlarning muhim ijtimoiy vazifasini alohida qayd etadi. Leksikografiya lug&#8217;atlar tipologiyasini ishlab chiqadi. Shu jihatdan bir tilli Leksikografiya (izohli va boshqa lug&#8217;atlar), ikki tilli Leksikografiya (tarjima lug&#8217;atlar), o&#8217;quv Leksikografiyasi (til o&#8217;rganishga maxsuslashgan lug&#8217;atlar), ilmiy-texnik Leksikografiya (terminologik lug&#8217;atlar) o&#8217;zaro farqlanadi. Ad.: Leksikograficheskiy Sbornik, VIP. 1 \u2014 6, M., 1957-1963; Sherba L. V., Opit obtshey teorii leksikografii. V ego kn.: Yazikovaya sistema i rechevaya deyatelnost, L., 1974; Ojegov si., Leksikologiya, leksikografiya. Kultura rechi, M., 1974; Yuldashev A. A., Printsipi sostavleniya tyurksko-russkix slovarey, M., 1972. Abduvahob Madvaliev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Leksikografiya (leksika va &#8230; grafiya) \u2014 1) lug&#8217;atlar tuzish, amaliy lug&#8217;atchilik. Amaliy lug&#8217;atchilik lug&#8217;atlar tuzish barobarida bir qator ijtimoiy muhim vazifalarni bajaradi: o&#8217;z va o&#8217;zga tillarni o&#8217;rganish; ona tilini tavsiflash &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/leksikografiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[223],"tags":[],"class_list":["post-97572","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-l-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/97572","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=97572"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/97572\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":97573,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/97572\/revisions\/97573"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=97572"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=97572"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=97572"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}