{"id":97574,"date":"2023-08-05T09:06:46","date_gmt":"2023-08-05T06:06:46","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=97574"},"modified":"2023-08-05T09:06:50","modified_gmt":"2023-08-05T06:06:50","slug":"lesoto-lesotho-lesoto-qirolligi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/lesoto-lesotho-lesoto-qirolligi\/","title":{"rendered":"Lesoto (Lesotho), Lesoto Qirolligi"},"content":{"rendered":"\n<p>Lesoto (Lesotho), Lesoto Qirolligi (Kindom of Lesotho) \u2014 Janubiy Afrikadagi davlat. Hamma tomoni JAR hududi bilan o&#8217;ralgan. Maydoni 30,3 ming km2. Aholisi 2,177 million kishi (2001). Poytaxti \u2014 Maseru shahri. Ma&#8217;muriy jihatdan 10 okrug (district) ga bo&#8217;lingan. Davlat tuzumi. Lesoto \u2014 Konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi Konstitutsiyasi 1993 yilda qabul qilingan (2001 yil martda tuzatishlar kiritilgan). Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo&#8217;stlik tarkibiga kiradi. Davlat boshlig&#8217;i \u2014 qirol (1996 yildan Letsie III). Qonun chiqaruvchi hokimiyat ikki palatali parlament \u2014 Millat Majlisi va senatdan iborat. Ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Tabiati. Lesoto tog&#8217;li mamlakat, Basuto platosida (o&#8217;rtacha balandligi 2300-3000 metr) joylashgan. Platoni Sharq va Janub tomondan Drakon tog&#8217;lari o&#8217;rab turadi. Iqlimi tropik, quruq kontinental. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi 25-26\u00b0, iyulniki 10\u00b0, biroq tez-tez sovuq bo&#8217;lib turadi, tog&#8217;larga qor tushadi. Yillik o&#8217;rtacha yog&#8217;in 750-1000 mm. Daryolari gidroenergiyaga boy; eng kattasi \u2014 Oranj. Tuproqdari mamlakat g&#8217;arbida qumli, unumsiz, sharqida unumdor, vulkan tuproqlar. Lesoto dashtlarida g&#8217;allasimon o&#8217;simliklar o&#8217;sadi; Drakon tog&#8217;larida butazorlar, o&#8217;tloqlar bor. Aholisining 98%ga yaqini afrikaliklar, asosan, suto xalqi, shuningdek, zulular, inglizlar va boshqalar yashaydi. Rasmiy til \u2014 sesuto va ingliz tillari. Aholining ko&#8217;p qismi (70% dan ko&#8217;prog&#8217;i) xristian (katolik, protestant)lar, qolgan qismi an&#8217;anaviy dinlarga e&#8217;tiqod qiladi. Shahar aholisi 19%. Yirik shaharlari: Maseru, Leribe, Mafeteng. Tarixi. Lesoto davlatining qadimgi tarixi kam o&#8217;rganilgan. 17-18-asrlarda mamlakat tub aholisi\u2014bushmenlar shimoldan kelgan sutolar tomonidan siqib chiqarildi va qabila boshlig&#8217;i Moshesh 1 hokimiyati ostiga birlashtirildi. 1836 yildan Lesotoni burlar va yevropaliklar (inglizlar) egallay boshladi. 1884 yil Lesoto rasmiy ravishda Buyuk Britaniyaning Basutolend protektoratiga aylantirildi va Buyuk Britaniya Lesotoda &#8220;bevosita boshqarish&#8221; tizimini joriy etdi. Oqibatda Basutolend Buyuk Britaniyaning Janubiy Afrikadagi sanoati va mustamlakalari uchun arzon ishchi kuchi manbaiga aylanib qoldi. 1907 yil Basuto-Lend taraqqiyparvar uyushmasi tashkil topdi. Bu tashkilot maorif, savdo-sotiq va boshqa sohalarda bir qator islohotlar o&#8217;tkazdi. Keyinroq kambag&#8217;allar ligase tuzildi. U xalq hayotini demokratlashtirish va mustamlakachilikni tugatishni talab qildi hamda Basutolendni zo&#8217;rlik bilan o&#8217;ziga qaram qilib olmoqchi bo&#8217;lgan Janubiy Afrika Ittifoqi (1961 yildan JAR) irqchilariga qarshi qattiq kurash olib bordi. 2-jahon urushi davrida min glab sutolar Yevropa, Afrika va yaqin Sharqdagi urushda ingliz qo&#8217;shinlari tomonida qatnashdi. Urushdan keyin milliy ozodlik harakati kuchaydi. 1952 yil Basutolendda birinchi siyosiy partiya\u2014Basutolend Afrika kongressi (bak) tuzildi. 1960 yil o&#8217;tkazilgan saylovda bak negizida tashkil etilgan Kongress partiyasi g&#8217;alabaga erishdi va mahalliy hokimiyat organlari tashkil topdi. 1965 yil kuchga kirgan konstitutsiyaga muvofiq, Basutolend o&#8217;zini o&#8217;zi ichki boshqaruv huquqiga ega bo&#8217;ldi; parlamentga saylov o&#8217;tkazildi. Lesoto Jonatan bosh vazir qilib tayinlandi. 1966 yil 4 oktabrda Basutolend mustaqillikka erishdi va shu yili qabul qilingan yangi Konstitusiyaga binoan, Basutolend Lesoto Qirolligi deb atala boshladi. Lesoto \u2014 1966 yil 17 oktabrdan BMT a&#8217;zosi. Lesoto hukumati demokratik kuchlar harakatini bostirish maqsadida JAR hukumati bilan aloqalarni yanada mustahkamlash tadbirini ko&#8217;ra boshladi. 1970 yil 27 yanvarda bo&#8217;lib o&#8217;tgan parlament saylovida Milliy partiya mag&#8217;lubiyatga uchradi. Shundan keyin Lesoto Jonatan favqulodda holat joriy etdi, saylov natijalarini bekor qildi, Konstitutsiya faoliyatini to&#8217;xtatdi. 1973 yilda favqulodda holat bekor qilindi. 1990 yilda hokimiyatni harbiylar qo&#8217;lga oldi. 1993 yilda keyingi 23 yil mobaynida birinchi marta demokratik saylov o&#8217;tkazildi, unda parlament saylandi. Harbiy kengash ijroiya hokimiyatni fuqarolardan iborat hukumatga topshirdi. Milliy bayram \u2014 4 oktabr. Mustaqillik kuni (1966). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Basuto milliy partiyasi, 1959 yilda tuzilgan; Basuto Kongressi partiyasi, 1959 yilda asos solingan; Marematlu ozodlik partiyasi, 1962 yilda tuzilgan; Lesoto Kongressi demokratiya uchun partiyasi, 1997 yilda asos solingan; Lesoto birashgan demokratik partiyasi; 1969 yilda tuzilgan. Lesoto erkin kasaba uyushmalari kongressi faoliyat ko&#8217;rsatadi. Xo&#8217;jaligi. Lesoto \u2014 Afrikada iqtisodiy jihatdan zaif rivojlangan agrar mamlakatlardan biri. Mehnatga layoqatli aholining ko&#8217;pgina qismi jarga borib ishlashga majbur. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 12%, qishloq xo\u2019jalik ulushi 12,3%. Qishloq xo&#8217;jaligi zaif, qishloq xo\u2019jalikga yaroqli yerlarning 10%ga ekin ekiladi. Qoramol, qo&#8217;y, angora echkisi, ot, xachir, eshak boqiladi. Dehqonchilikda makkajo&#8217;xori, oq jo&#8217;xori, bug&#8217;doy, arpa, suli, kartoshka va sabzavot yetishtiriladi. Sanoatida olmos qazib oladigan, sha&#8217;m, o&#8217;g&#8217;it, g&#8217;isht, gilam, kiyim-kechak, mebel ishlab chiqaradigan, televizor yig&#8217;adigan korxonalar bor. Kulolchilik, to&#8217;quvchilik birmuncha rivojlangan. 1 yilda o&#8217;rtacha 1 million kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Ko\u2019mir, kvars, uran konlari bor. Avtomobil yo&#8217;llari uzunligi \u2014 5200 kilometr (2100 kilometr qattiq qoplamali). Poytaxtdan JAR chegarasigacha 1,7 kilometrli temir yo\u2019l qurilgan. Milliy aviakompaniya va Maseruda xalqaro aeroport bor. Tashqi savdoda eksportning 85% va importning 90% jarga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Chetga qishloq xo\u2019jalik mahsuloti, jun va jun mahsuloti, chorva mollari, olmos chiqariladi; chetdan sanoat mollari, oziq-ovqat, neft, mashina-uskunalar keltiriladi. 1986 yilda muomalaga kiritilgan milliy pul birligi \u2014 loti (maloti) bilan bir qatorda JAR pul birligi \u2014 randdan bemalol foydalaniladi. Tibbiy xizmati va maorifi. Vrachlar chet elda tayyorlanadi. 6 yoshdan 14 yoshgacha bo&#8217;lgan bolalar uchun majburiy ta&#8217;lim joriy qilingan. Boshlang&#8217;ich ta&#8217;lim bepul, o&#8217;rta va oliy ta&#8217;lim pulli. Boshlang&#8217;ich maktabda o&#8217;qish muddati 7\u2014 8 yil, o&#8217;rta maktabda 5 yil Roma shahrida milliy universitet, Maseruda qishloq xo\u2019jalik kolleji, geologiya xizmati, qishloq xo\u2019jalik tajriba stansiyasi, universitet kutubxonasi, davlat kutubxonasi va arxivi bor. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko&#8217;rsatuvi. Kundalik gazetalari yo&#8217;q. Davriy nashrlaridan yiriklari: &#8220;lesoto Tudey&#8221; (&#8220;Lesoto bugun&#8221;, ingliz tilidagi haftalik gazeta, 1986 yildan), &#8220;Moeletsi OA Basuto&#8221; (&#8220;Basuto maslahatchisi&#8221;, sesuto va ingliz tilidagi haftanoma, 1933 yildan), &#8220;Mochochonono&#8221; (&#8220;kometa&#8221;, sesuto va ingliz tilidagi haftalik gazeta, 1974 yildan), &#8220;Leseliniana la Lesoto&#8221; (&#8220;Lesoto nuri&#8221;, sesuto va ingliz tilida 2 haftada chiqadigan gazeta, 1863 yildan). Lesoto milliy radioeshittirish xizmati mavjud. Radiostansiyalari sesuto hamda ingliz tillarida eshittirish olib boradi. 1971 yildan teleko&#8217;rsatuvlar boshlangan. Lesoto Hukumat axborot agentligi 1983 yildan ishlaydi. Me&#8217;morligi. Asosiy aholisi (Sutolar) tartibsiz qurilgan katta-katta qishloqlarda yashaydi. Doirasimon turar joylar tosh yoki xom g&#8217;ishtdan tiklangan va qamish bilan kuloh shaklida yopilgan. To&#8217;g&#8217;ri burchakli uylar ham tosh yoki xom g&#8217;ishtdan qurilgan, tomi 2 nishabli yoki 4 nishabli kilib yopilgan. Uy devorlari qizil yoki sariqrang bilan bo&#8217;yalgan va geometrik naqsh ishlangan. 20-asr 2-yarmida Maseruda zamonaviy bino va inshootlar (aeroport, ichki ishlar vazirligi, mehmonxona va boshqa binolar) qurildi. Tasviriy san&#8217;ati. Lesoto hududida qoyalarga bitilgan yozuv va naqshlar saqlangan. Ular bushmenlarning ijodi deb taxmin qilinadi. Badiiy hunarmandchilik, ayniqsa, yog&#8217;och o&#8217;ymakorligi rivojlangan. Ro&#8217;zg&#8217;or buyumlari (ko&#8217;za, quti, bolishlar)ga turli shakllarda naqsh solinadi. Yog&#8217;och haykalchalar va sopol idish (choynak, guldon)lar yasaydilar. &#8220;Karossa&#8221; deb ataluvchi po&#8217;stinlarni munchoklar bilan bezatadilar. Rangli munchoqlardan marjon shodalar tayyorlaydilar. Musiqasi. Sutolar hayotida musiqa muhim ahamiyatga ega. Cholg&#8217;u asboblari juda xilma-xil bo&#8217;lib, ulardan yakka ijrochilikda ham, qo&#8217;shiq yoki raqs jo&#8217;rligida ham foydalaniladi. Musiqa folklorida qo&#8217;shiqlarning 2 guruhi mavjud: ka maoto deb ataluvchi guruhga mansub qo&#8217;shiqlar aytilganida raqs tushiladi va mehnat jarayonini aks ettiruvchi sahnaviy harakatlar qilinadi. Xo engoe guruhidagi qo&#8217;shiqlar harakatsiz ijro etiladi. Jangda halok bo&#8217;lgan botirlar taqdirini tasvirlovchi qo&#8217;shiq ijro etilganida erkaklar jangovar ruxdagi raqsga tushadilar. Tabiat hodisalariga bag&#8217;ishlangan qo&#8217;shiqlar, to&#8217;y va diniy qo&#8217;shiqlar, madhiyalar, Marsiyalar, albatta, musiqa jo&#8217;rligida ijro etiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Lesoto (Lesotho), Lesoto Qirolligi (Kindom of Lesotho) \u2014 Janubiy Afrikadagi davlat. Hamma tomoni JAR hududi bilan o&#8217;ralgan. Maydoni 30,3 ming km2. Aholisi 2,177 million kishi (2001). Poytaxti \u2014 Maseru shahri. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/lesoto-lesotho-lesoto-qirolligi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[223],"tags":[],"class_list":["post-97574","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-l-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/97574","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=97574"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/97574\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":97575,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/97574\/revisions\/97575"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=97574"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=97574"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=97574"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}