{"id":97693,"date":"2023-08-05T19:57:49","date_gmt":"2023-08-05T16:57:49","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=97693"},"modified":"2023-08-05T19:57:54","modified_gmt":"2023-08-05T16:57:54","slug":"lishayniklar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/lishayniklar\/","title":{"rendered":"Lishayniklar"},"content":{"rendered":"\n<p>Lishayniklar (Lichenes) &#8211; zamburug&#8217;larning maxsus bir guruhi; suv o&#8217;tlari va zamburuglardan tarkib topgan tirik organizmlar kompleksi. Ayrim botaniklar Lishayniklarga tuban o&#8217;simliklarning alohida bir guruhi sifatida qarashadi. Lishayniklar haqidagi fan lixenologiya deb ataladi. 400 turkumga mansub 26000 turi bor. Jinssiz spora hosil qilishiga binoan, ikki sinf: xaltachali Lishayniklar (ma&#8217;lum bo&#8217;lgan deyarli hamma Lishayniklar) va bazidiyali Lishayniklarga (bir necha o&#8217;nlab tur) ajratiladi. Ko&#8217;k-yashil, sariq-yashil yoki yashil suvo&#8217;tlar Lishayniklarning doimiy komponenti hisoblanadi. Odatda, Lishayniklarning har bir turiga ma&#8217;lum bir suvo&#8217;t turi to&#8217;g&#8217;ri keladi. Lishayniklarning po&#8217;stloqsimon, bargsimon va butasimon shakllari bo&#8217;ladi. Po&#8217;stloqsimon Lishayniklar sodda tuzilgan; donador, guborsimon yoki po&#8217;stloq shaklida. Bargsimon Lishayniklar birmuncha murakkab tuzilgan, plastinkalar ko&#8217;rinishida. Butasimon Lishayniklar ancha murakkab tuzilgan bo&#8217;lib, shoxlari osilib tushgan yoki tik o&#8217;sadigan o&#8217;simlik tupini eslatadi. Lishayniklar anatomik tuzilishiga ko&#8217;ra gome-omer (suvo&#8217;tlar Lishayniklar tanasi bo&#8217;ylab tekis tarqalgan) va Geteromer (suvo&#8217;tlar Lishayniklar tanasining faqat ustki po&#8217;stlog&#8217;i ostida joylashgan) bo&#8217;ladi. Lishayniklar jinsiy, jinssiz vegetativ ko&#8217;payadi. Jinssiz ko&#8217;payishda Lishayniklar zamburug&#8217;i sporalari xaltachalarda (xaltachali Lishayniklar) yoki ba&#8217;zan, bazidiyalarda (bazidiyali Lishayniklar) hosil bo&#8217;ladi. Jinssiz ko&#8217;payishda konidiyalar va piknosporalar vujudga keladi. Zamburug&#8217; sporalari o\u2019sadi va o&#8217;ziga mos suvo&#8217;t turi bilan birlashib, yangi Lishayniklar tallomi \u2014 vegetativ tana hosil qiladi, Lishayniklar tallomning kichik qismi orqali vegetativ ko&#8217;payadi. Lishayniklardagi suvo&#8217;tlar bo&#8217;linib, yashil suvo&#8217;tlar esa avtosporalar hosil qilib ko&#8217;payadi. Jinsiy ko&#8217;payishda Lishayniklar tanasidagi suvo&#8217;tlar va zamburug&#8217;lar alohida ko&#8217;payadi. Lishayniklarning suv shimadigan maxsus organi yo&#8217;q; suvni ular tallomining butun yuzasi orqali shimadi. Suvo&#8217;tlardagi fotosintez tezligi Lishayniklar tallomidagi suvning miqdoriga bog&#8217;liq; Lishayniklar kurib qolsa, fotosintez sekinlashadi yoki to&#8217;xtaydi. Po&#8217;stloqsimon Lishayniklar butasimon Lishayniklarga nisbatan sekin o\u2019sadi. Lishayniklar yiliga o&#8217;rtacha 0,01 mm dan 100 mm gacha o\u2019sadi. Haroratning ko&#8217;tarilishi yoki pasayishi Lishayniklarga uncha ta&#8217;sir qilmaydi. Lishayniklar yaxshi yoritilgan turli xil substratlarda \u2014 daraxtlar, tog&#8217; jinslari, tuproq va yashil o&#8217;simliklar barglarida, teri, suyak, qog&#8217;oz, shisha, temir va boshqa buyumlar sirtida uchraydi. Lishayniklar hamma materiklarda mavjud. Tropik va subtropik mintaqalarda, ayniqsa, tundra va baland tog&#8217;larda keng tarqalgan. Yaqingacha Lishayniklar tanasidagi zamburug&#8217;lar bilan suv o&#8217;tlari orasidagi o&#8217;zaro munosabat simbioz sifatida tushuntirib kelingan edi. Haqiqatda esa ular orasidagi munosabat paratizmta asoslangan bo&#8217;lib, ayniqsa, zamburug&#8217;ning parazitlik xususiyati yaqqol ko&#8217;zga tashlanadi. Lishayniklar unumsiz joylarda o&#8217;sishi tufayli boshqa o&#8217;simliklar uchun zamin tayyorlaydi. Ba&#8217;zi butasimon Lishayniklar esa bug&#8217;ularning asosiy ozig&#8217;i hisoblanadi. Dorivor (ichni qotiradigan, yumshatadigan, qon bosimini oshiradigan, vitaminli, antibiotikli) Lishayniklar ham bor. Lishayniklardan mikroblarga qarshi dorivor preparatlar ham olingan. Ayrim Lishayniklardan parfyumeriya sanoatida, lakmus va bo&#8217;yoq tayyorlashda foydalaniladi. Daraxtlar tanasida o&#8217;sadigan po&#8217;stloq Lishayniklari zararkunanda hasharotlar uchun pana joy bo&#8217;lganligi sababli salbiy ahamiyatga ega.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Lishayniklar (Lichenes) &#8211; zamburug&#8217;larning maxsus bir guruhi; suv o&#8217;tlari va zamburuglardan tarkib topgan tirik organizmlar kompleksi. Ayrim botaniklar Lishayniklarga tuban o&#8217;simliklarning alohida bir guruhi sifatida qarashadi. Lishayniklar haqidagi fan lixenologiya &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/lishayniklar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[223],"tags":[],"class_list":["post-97693","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-l-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/97693","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=97693"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/97693\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":97694,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/97693\/revisions\/97694"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=97693"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=97693"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=97693"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}