{"id":97711,"date":"2023-08-06T12:03:21","date_gmt":"2023-08-06T09:03:21","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=97711"},"modified":"2023-08-06T12:03:25","modified_gmt":"2023-08-06T09:03:25","slug":"landshaft-geokimyosi-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/landshaft-geokimyosi-2\/","title":{"rendered":"Landshaft geokimyosi"},"content":{"rendered":"\n<p>Landshaft geokimyosi &#8211; 20-asrning 40-yillarida tabiiy geografiya va geokimyo fanlari tutashgan chegarada vujudga kelgan ilmiy yo&#8217;nalish. Kimyoviy elementlarning geografik landshaftlardagi migratsiyasi (qayta taqsimlanishi) ni geokimyo va biogeokimyo usullari bilan o&#8217;rganadi. Landshaft geokimyosiga B. B. Polinov, V. I. Vernadskiy, A. E. Fersman, V. V. Dokuchaevlar asos solgan. B. B. Polinov birinchi bo&#8217;lib Landshaft geokimyosi vazifasini aniqlab berdi, uni o&#8217;rganish metodlarini ishlab chikdi. Geokimyo nuqtai nazaridan landshaftlar yer yuzasining ayrim qismi bo&#8217;lib, ularda quyosh energiyasi ta&#8217;sirida atmosfera, gidrosfera va litosferadagi kimyoviy elementlarning migrasiyasi amalga oshadi. Landshaft geokimyosi atmosfera-o&#8217;simlik, o&#8217;simlik-tuproq, tuproq-suv, suv va jinslar, ya&#8217;ni landshaftlarning migratsiyasini tadqiq qiladi. Landshaft geokimyosi maxsus landshaftlar Geokimyosi xaritalarida o&#8217;z aksini topadi. Bunday xaritalarda ruda konlari uchrashi mumkin. Masalan, o&#8217;simlik, tuproq, suv va tog&#8217; jinslarining tarkibini geokimyoviy o&#8217;rganish natijasida Armaniston, Janubiy Ural, Buryatiya va boshqa joylarda yangi konlar topildi. O&#8217;zbekiston hududida Landshaft geokimyosini o&#8217;rganish 1955-58 yillardan boshlandi. Bunda asosiy yo&#8217;nalish cho&#8217;l rayonlari o&#8217;simliklaridagi mikroelementlardan va bio-geokimyoviy usullardan ruda konlari qidirishda foydalanishga qaratilgan edi. Landshaftlar turining har birida kimyoviy elementlarning holati ularda mavjud bo&#8217;lgan tabiiy sharoitlar bilan belgilanadi. O&#8217;zbekiston hududi fizik-geografik va geologik xususiyatlarga ko&#8217;ra, 2 yirik landshaft \u2014 tekislik (cho&#8217;l) va tog&#8217;li rayonlarga bo&#8217;linadi. I. H. Hamroboyev rahbarligida Qizilqum, Nurota va Qurama tog&#8217;laridagi yer yuzasiga chiqmagan nodir va rangli metallarning o&#8217;sha xusuddagi o&#8217;simlik, tuproq va suv tarkibi bilan bog&#8217;liqligi o&#8217;rganildi. Muayyan konlardan darak beruvchi indikator o&#8217;simlik turlari aniqlanib, geokimyoviy maydonlar belgilanadi. Qurama tog&#8217;larning kumush, qo&#8217;rg&#8217;oshin, rux konlaridagi o&#8217;simlik va suvda marganes, titan elementlarini yig&#8217;uvchi bakteriyalarning ayrim turlari mavjudligi, oltin konlarida esa faqat titanni yig&#8217;uvchi bakteriyalar borligi aniqlandi. Ruda konlarini qidirib topishda, atrof muhitni muhofaza qilish muammolarini hal qilish, sog&#8217;liqni saqlash, qishloq xo\u2019jaligi va boshqa sohalardagi Landshaft geokimyosining yangi usullaridan foydalanish juda muhimdir. Ad.: Predelman A. I., Geoximiya landshafta, M., 1975.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Landshaft geokimyosi &#8211; 20-asrning 40-yillarida tabiiy geografiya va geokimyo fanlari tutashgan chegarada vujudga kelgan ilmiy yo&#8217;nalish. Kimyoviy elementlarning geografik landshaftlardagi migratsiyasi (qayta taqsimlanishi) ni geokimyo va biogeokimyo usullari bilan o&#8217;rganadi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/landshaft-geokimyosi-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[223],"tags":[],"class_list":["post-97711","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-l-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/97711","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=97711"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/97711\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":97713,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/97711\/revisions\/97713"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=97711"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=97711"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=97711"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}