{"id":97714,"date":"2023-08-06T12:06:05","date_gmt":"2023-08-06T09:06:05","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=97714"},"modified":"2023-08-06T12:06:09","modified_gmt":"2023-08-06T09:06:09","slug":"langarota-masjidi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/langarota-masjidi\/","title":{"rendered":"Langarota masjidi"},"content":{"rendered":"\n<p>Langarota masjidi &#8211; Qashqadaryo viloyati katta Langar qishlog&#8217;idagi me&#8217;moriy yodgorlik (16-asrning birinchi yarmi). Masjid O&#8217;rta Osiyo tog&#8217;li hududiga xos, ikki xonaqohli, oldi peshayvonli. Ayvon sahniga ikki qator qilib baland o&#8217;ymakor ustunlar o&#8217;rnatilgan. Shipiga an&#8217;anaviy tartibda toqi terilib, to&#8217;sin va vassalari chiroyli (gullar solinib) bo&#8217;yalgan, ular kichik xonaqohda 4 ustunga, katta xonaqohda 5 ustunga tayangan. Kichik xonaqoh ancha qadimgi. Uning ko&#8217;hna devori sinchli bo&#8217;lib, keyinroq unga tutashtirib katta xonaqoh va umumiy peshayvon solingan. Mexrob ichidagi bezakli yozuvlarda 1519-20, 1562-63, 1748 va 1807-08 yillar (qurilgan va ta&#8217;mir qilingan sanalar) saqlangan. Katta xonaqohning zeb-ziynatidagi ta&#8217;sirchanligi koshinkori bezaklaridagi gullaridadir. Mehrob va devoridagi naqsh bezaklari yaxshi saqlangan. Izora jiyaklarida qora zaminga sariq va havorang koshin parchalari yopishtirilgan, ko&#8217;k, havorang va oq hoshiyalar berilgan. Izoralar sathi 3 xil tuzilishda yulduzchali girihlar va kora rangli &#8220;sakkizliklar&#8221; bilan qoplangan, o&#8217;rtasiga tillarang bo&#8217;yokdar ishlangan. Quyi qismi asosiy satxdan kulrang marmarli silliq hoshiyalar bilan ajratilgan, zarhal bilan qoplangan. Masjidning yuksak mahorat bilan ishlanganligi uning derazalaridagi o&#8217;yma ganch panjaralaridan, ustunlari, marmar poyustun va boshalaridan ham ma&#8217;lum. Langarota maqbarasidagi yodgorliklar 15-asr oxiri \u2014 16-asr o&#8217;rtalarida bunyod etilgan. Nufuzli Langar shayxlari Muhammad Sodiq (1465-1545), Abul Hasan (1491-92 yillarda vafot etgan) va boshqalarning sag&#8217;analari, shuningdek, Temuriy malikalar sag&#8217;anasi va ulardagi yozuvlar saqlangan. Maqbara (140&#215;12,5 metr) peshtoq gumbazli, bir xonali (5,2&#215;5,2), to&#8217;rt tomonlama kesishgan ravoqqa tayangan. Qalqonsimon bag&#8217;allari to&#8217;rsimon, tokchalari muqarnas naqshli, ravoqlari ikki qavatli rangli o&#8217;yma ganch bilan qirma usulida bezatilgan. Maqbara sirtiga g&#8217;ishtlar &#8220;bandak&#8221; va &#8220;mavj&#8221; uslubida terilgan. Po&#8217;lat Zohidov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Langarota masjidi &#8211; Qashqadaryo viloyati katta Langar qishlog&#8217;idagi me&#8217;moriy yodgorlik (16-asrning birinchi yarmi). Masjid O&#8217;rta Osiyo tog&#8217;li hududiga xos, ikki xonaqohli, oldi peshayvonli. Ayvon sahniga ikki qator qilib baland o&#8217;ymakor &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/langarota-masjidi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[223],"tags":[],"class_list":["post-97714","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-l-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/97714","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=97714"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/97714\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":97720,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/97714\/revisions\/97720"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=97714"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=97714"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=97714"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}