{"id":97757,"date":"2023-08-06T12:32:05","date_gmt":"2023-08-06T09:32:05","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=97757"},"modified":"2023-08-06T12:32:09","modified_gmt":"2023-08-06T09:32:09","slug":"lahja-dialekt","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/lahja-dialekt\/","title":{"rendered":"Lahja, dialekt"},"content":{"rendered":"\n<p>Lahja, dialekt \u2014 umumxalq tilining muayyan chegaralangan hududda joylashgan kishilar jamoasida bevosita aloqa vositasi sifatida qo&#8217;llanuvchi va nisbatan yaxlit lisoniy tizim bilan ajralib turuvchi ko&#8217;rinishi. Lahja bir qator kattaroq til tuzilmasi tarkibiga kiradi, ushbu butunlikning boshqa qismlariga, boshqa Lahjalariga qarshi qo&#8217;yilib, taqqoslanadi va ular bilan umumiy xususiyatlarga ega bo&#8217;ladi. Hududiy Lahjalar tovushlar tarkibi, grammatika, so&#8217;z yasalishi, leksika nuqtai nazaridan muayyan tafovutlarga ega bo&#8217;ladilar. Bunday farqlar sezilmas darajada bo&#8217;lib, aniq, bir tilning turli Lahjalarida so&#8217;zlovchilar bir-birini yaxshi tushunishadi (masalan, o&#8217;zbek tili Lahja va shevalari), boshqa tillarning Lahjalari bir-biridan kuchli farq qilib, bunda turli Lahjalarda so&#8217;zlovchilarning o&#8217;zaro aloqasi qiyinlashadi yoki mumkin bo&#8217;lmaydi (masalan, nemis, Xitoy tillari Lahjalari). Lahja umumxalq tilining quyi bosqichi hisoblanadi, u shevaga nisbatan keng ma&#8217;noga ega bo&#8217;lib, shevalar yig&#8217;indisidan tarkib topadi. Masalan, etnogenetik jihatdan ko&#8217;p tarkibli bo&#8217;lgan o&#8217;zbek tilida 3 ta asosiy Lahja farqlanadi: qorluq-chigil-uyg&#8217;ur Lahjasi \u2014 Farg&#8217;ona vodiysidagi, Toshkent va Zarafshon vohalaridagi shaharlar va ularga yaqin aholi maskanlari shevalarini o&#8217;zi ichiga oladi; qipchoq Lahjasi \u2014 Samarqand, Buxoro, Surxondaryo, Shimoliy Xorazmdagi hamda Farg&#8217;ona va Ohangaron vodiylaridagi &#8220;j&#8221;lovchi o&#8217;zbek shevalarini o&#8217;z ichiga oladi; o&#8217;g&#8217;uz Lahjasi \u2014 Janubiy Xorazm (Urganch, Xiva, Xonqa, Hazorasp va boshqalar) va Turkmanistondagi o&#8217;zbek shevalaridan iborat. Mazkur Lahjalarning fonetikasi, grammatikasi va lug&#8217;at tarkibida bir-biridan farq qiluvchi xususiyatlar mavjud, lekin bu farqlar ularni bir-biridan keskin ajratmaydi. Bu Lahjalar o&#8217;zbek xalqi va tilining paydo bo&#8217;lishi va rivojlanishida yetakchi o&#8217;rin egallab, hozirgi o&#8217;zbek adabiy tilining shakllanishi va undagi ayrim lisoniy hodisalarning barqarorlashishida ishtirok etgan. Qorluq Lahjasining Toshkent va Farg&#8217;ona tip shevalari hoz.irgi o&#8217;zbek adabiy tilining tayanch shevalari hisoblanadi. O&#8217;zbek adabiy tili hozir ham Lahjalardagi eng ifodali, ko&#8217;p ma&#8217;noli so&#8217;zlar va iboralar, maqbul grammatik shakllar hisobiga boyib bormoqda. Abduvahob Madvaliyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Lahja, dialekt \u2014 umumxalq tilining muayyan chegaralangan hududda joylashgan kishilar jamoasida bevosita aloqa vositasi sifatida qo&#8217;llanuvchi va nisbatan yaxlit lisoniy tizim bilan ajralib turuvchi ko&#8217;rinishi. Lahja bir qator kattaroq til &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/lahja-dialekt\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[223],"tags":[],"class_list":["post-97757","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-l-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/97757","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=97757"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/97757\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":97758,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/97757\/revisions\/97758"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=97757"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=97757"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=97757"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}