{"id":97771,"date":"2023-08-06T15:45:50","date_gmt":"2023-08-06T12:45:50","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=97771"},"modified":"2023-08-06T15:45:54","modified_gmt":"2023-08-06T12:45:54","slug":"lotereya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/lotereya\/","title":{"rendered":"Lotereya"},"content":{"rendered":"\n<p>Lotereya (italyancha lotteria, Fransuz tilida lot \u2014 qur&#8217;a) \u2014 davlat yoki tashkilotlar tomonidan maxsus biletlar (Lotereya biletlari) sotish orqali aholidan ixtiyoriy pul mablag&#8217;lari yig&#8217;ish shakli. Yig&#8217;ilgan mablag&#8217;larning bir qismi pul yoki buyum yutuqlari tarzida o&#8217;yinga sarflanadi. Lotereyaning, asosan, quyidagi turlari mavjud: tirajli Lotereya \u2014 tartib raqamlari (seriya va razryadlarga bo&#8217;lingan) qo&#8217;yilgan Lotereya biletlari chiqariladi. Bir Lotereya bileti qiymati, o&#8217;yinni o&#8217;tkazish vaqti, pul, buyum va boshqa yutuqlar miqdori Lotereya chiqarilguniga qadar belgilanadi. Bir lahzali Lotereya (Allergi) \u2014 Lotereya o&#8217;yini bilet sotib olingan zahoti o&#8217;tkaziladi, yutuqli biletlar ularni aniqlashni istisno qiluvchi yopiq holda chiqariladi. Yutuq o&#8217;yin bileti sotib olinganidan so&#8217;ng himoya qatlamini o&#8217;chirish, biletning bir qismini kesish va boshqalar bilan darhol aniqlanadi. Lotereya birinchi marta 1466 yil 24 Fevralda Bryugge shahrida (Germaniya) kambag&#8217;allarga yordam uyushtirish uchun mablag&#8217; yig&#8217;ish maqsadida o&#8217;tkazilgan. Sobiq Ittifoqda, shu jumladan, O&#8217;zbekistonda aholi mablag&#8217;larini madaniy-ma&#8217;rifiy va boshqa tadbirlarga jalb etish maqsadlarida 20-asrning 20-yillari boshidan dastlab mahalliy davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan Lotereya o&#8217;yinlari tashkil etilgan. 1926 yildan turli ko&#8217;ngilli tashkilotlar (Osoavi-Axim, qizil krest va qizil yarim oy va boshqalar) Lotereyalari keng tarqadi. 1958 yildan ittifoqdosh respublikalarda davlat Lotereyalari (pul-buyum, sport, badiiy, Dosaaf va boshqalar) chiqarildi va ulardan olingan daromadlar shu respublikalar byudjetiga o&#8217;tkazildi. Hozirgi davrda ko&#8217;pgina xorijiy mamlakatlarda Lotereyani munisipalitetlar, xayriya jamg&#8217;armalari o&#8217;tkazadi. O&#8217;zbekistonda 1991 yildan keyin, asosan, tirajli va lahzali Lotereyalar chiqarila boshlandi. &#8220;Sovg&#8217;a&#8221; (1995), &#8220;Mustaqillik&#8221; (1996) davlat pul-buyum Lotereyalari, xayriya jamg&#8217;armalari, jamiyatlar (&#8220;Navro&#8217;z&#8221;, &#8220;Amir Temur&#8221;, &#8220;Bobur&#8221;, &#8220;mehr-shafqat va salomatlik&#8221;, &#8220;Nuroniy&#8221;, &#8220;Mahalla&#8221;, &#8220;Kamolot&#8221;, &#8220;Oltin meros&#8221; va boshqalar) hamda turli tashkilotlar tomonidan turli xil Lotereyalar chiqarildi. Lotereyalar mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni amalga oshirish, tarixiy obidalarni saqlash, ta&#8217;mirlash, yangi ish o&#8217;rinlarini tashkil qilish, sportni rivojlantirish, xayriya, kam ta&#8217;minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish va boshqa tadbirlarni amalga oshirish maqsadlarida o&#8217;tkaziladi. O&#8217;zbekiston Respublikasida Lotereyani chiqarish O&#8217;zbekiston Respublikasining &#8220;faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to&#8217;g&#8217;risida&#8221;gi qonuni (2000 yil 25 may), O&#8217;zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining &#8220;pul-buyum lotereyalari o&#8217;tkazishni tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to&#8217;g&#8217;risida&#8221;gi (2002 yil 15 noyabr) qarori bilan tartibga solinadi. Mintaqaviy Lotereya o&#8217;yinlarini o&#8217;tkazish bo&#8217;yicha viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzurida xo&#8217;jalik hisobidagi ixtisoslashtirilgan tuzilmalar tashkil etilgan. Bahrom Ashrafxonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Lotereya (italyancha lotteria, Fransuz tilida lot \u2014 qur&#8217;a) \u2014 davlat yoki tashkilotlar tomonidan maxsus biletlar (Lotereya biletlari) sotish orqali aholidan ixtiyoriy pul mablag&#8217;lari yig&#8217;ish shakli. Yig&#8217;ilgan mablag&#8217;larning bir qismi pul &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/lotereya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[223],"tags":[],"class_list":["post-97771","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-l-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/97771","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=97771"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/97771\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":97772,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/97771\/revisions\/97772"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=97771"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=97771"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=97771"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}