{"id":97773,"date":"2023-08-06T15:49:02","date_gmt":"2023-08-06T12:49:02","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=97773"},"modified":"2023-08-06T15:49:06","modified_gmt":"2023-08-06T12:49:06","slug":"lotin-alifbosi-lotin-yozuvi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/lotin-alifbosi-lotin-yozuvi\/","title":{"rendered":"Lotin alifbosi, lotin yozuvi"},"content":{"rendered":"\n<p>Lotin alifbosi, lotin yozuvi \u2014 Qadimgi Rimda uncha katta bo&#8217;lmagan Lasiy viloyatining (&#8220;lotin&#8221; so&#8217;zi ham shundan), xususan, uning markazi Rim shahrining yozuvi, harfiy yozuv; g&#8217;arbiy yunon yozuvi asosida paydo bo&#8217;lgan. Miloddan avvalgi 9-8-asrlarda hozirgi Italiya hududiga kirib kelgan alifboli yunon yozuvi asta-sekin rivojlanib, faqat miloddan avvalgi 4-3-asrlardagina mustaqil Lotin alifbosi yuzaga kelgan. Ushbu yozuvdagi eng qadimgi yodgorliklarda (miloddan avvalgi 6-4-asrlar) yozuv yo&#8217;nalishi ham o&#8217;ngdan chapga, ham chapdan Lotin alifbosi o&#8217;ngga bo&#8217;lgan, miloddan avvalgi 4-asrdan keyingina chapdan o&#8217;ngga qarab yozish barqarorlashgan. Bu davrdagi yozuvda tinish belgilari bo&#8217;lmagan, harflar bosh (katta) va kichik harflarga ajratilmagan. Lotin alifbosida dastlab 20 ta harf bo&#8217;lgan, miloddan avvalgi 1-asrdan boshlab yunon tilidan kirgan so&#8217;zlarni yozish uchun Y, Z harflari qo&#8217;llana boshlagan. Ushbu alifbo o&#8217;rta asrlarda ko&#8217;plab shakl o&#8217;zgarishlariga uchragan holda rivojlanishda davom etadi. 11-asrda W harfi, 16-asrda xa J va V harflari alifboga kiritiladi. Keyingi rivojlanish davrida, kitov bosish ishlari yo&#8217;lga qo&#8217;yilganidan keyin, tinish belgilari, diakritik belgilar paydo bo&#8217;ldi, bosh va kichik harflar farqlana boshlandi. Hozirgi Lotin alifbosi 2 xil tipografik shaklga ega: asl lotin harflari (ikkinchi nomi \u2014 &#8220;antikva&#8221;) va got yozuvi (&#8220;fraktura&#8221; deb ham ataladi). Ularning birinchisi, ya&#8217;ni lotin harflari eng qad. Alifboga yaqin bo&#8217;lib, hozirgi amaliyotda, asosan, ana shu harflardan foydalaniladi. Rim imperiyasi kulagach, xususan, 8-asrdan e&#8217;tiboran Lotin alifbosi G&#8217;arbiy Yevropadagi ko&#8217;plab xalqlarning yozuv tizimlari uchun asos bo&#8217;ldi. Hozirgi davrda dunyo tillarining 30-35%i Lotin alifbosidan foydalanadi. O&#8217;zbekistonda ham 1929-40 yillarda shu alifbo asosidagi o&#8217;zbek yozuvi amalda bo&#8217;lgan. Milliy yozuv tizimlari Lotin alifbosiga asoslangan xalqlarning alifbolaridagi harflar tarkibi, albatta, qadimgi Lotin alifbosidan farq qiladi. Lotin alifbosining tegishli fonetik tizimlarga moslashuvi diakritik belgilarni kiritish orqali amalga oshiriladi. Abduvahob Madvaliyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Lotin alifbosi, lotin yozuvi \u2014 Qadimgi Rimda uncha katta bo&#8217;lmagan Lasiy viloyatining (&#8220;lotin&#8221; so&#8217;zi ham shundan), xususan, uning markazi Rim shahrining yozuvi, harfiy yozuv; g&#8217;arbiy yunon yozuvi asosida paydo bo&#8217;lgan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/lotin-alifbosi-lotin-yozuvi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[223],"tags":[],"class_list":["post-97773","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-l-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/97773","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=97773"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/97773\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":97774,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/97773\/revisions\/97774"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=97773"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=97773"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=97773"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}