{"id":97826,"date":"2023-08-06T17:55:08","date_gmt":"2023-08-06T14:55:08","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=97826"},"modified":"2023-08-06T17:55:12","modified_gmt":"2023-08-06T14:55:12","slug":"luvr","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/luvr\/","title":{"rendered":"Luvr"},"content":{"rendered":"\n<p>Luvr (Louvre) \u2014 jahondagi eng yirik muzeylardan. Parijdagi mashhur me&#8217;moriy yodgorlik \u2014 sobiq Qirollik qarorgohi binosida joylashgan. 1791 yilda inqilobiy Konvent dekreti bilan milliy badiiy muzey sifatida asos solingan va 1793 yil 8 noyabrdan omma uchun ochilgan. Luvr fondini sobiq Qirollik to&#8217;plami, shuningdek, monastir, cherkov va aslzoda oilalarning musodara qilingan to&#8217;plamlari tashkil qildi; Napoleon yurishlarida qo&#8217;lga kiritilgan, turli davlatlardan sotib olingan, ko&#8217;plab hadya qilingan san&#8217;at asarlari bilan boyib bordi. Muzey 6 bo&#8217;limdan iborat: tasviriy va amaliy san&#8217;at, haykaltaroshlik (o&#8217;rta asrlar, Uyg&#8217;onish davri, keyingi davr), Yunon va Rim yodgorliklari, qadimgi Sharq yodgorliklari, qadimgi Misr yodgorliklari. Bular orasida Sharq yodgorliklari dunyo bo&#8217;yicha muhim ahamiyatga ega; frantsuz san&#8217;ati (ayniqsa, kartinalar galereyasi) juda mukammal. Luvrda jahonga mashhur (Mikelanjelo, Leonardo da Vinchi, Rafael, Tisian, Rembrandt, Rubens va boshqalar) nodir san&#8217;at asarlari to&#8217;plangan. Muzey ekspozitsiyasi xronologik tartibda va milliy maktablar tarzida, hadya etilgan yirik xususiy to&#8217;plamlar alohida joylashtirilgan. Luvr binosi Parijning tarixiy qismidagi asosiy me&#8217;moriy yodgorlik bo&#8217;lib, 13-asr boshi \u2014 14-asrlarda eski qasr o&#8217;rniga qurilgan. 1546-74 yillarda me&#8217;mor P. Lesko Renessans usulida saroy qurgan, haykaltaroshlik bezaklarini J. Gujon ishlagan. Binoni kengaytirish va qayta qurish (J. Lemerse, 1624 yildan; L. Levo, 1661-64; K. Perro, 1667-74; L. Viskonti va E. Lefyuel, &#8220;Yangi Luvr\u201d, keyinchalik kartinalar galereyasi) 20-asrning oxirlarigacha davom etdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Luvr (Louvre) \u2014 jahondagi eng yirik muzeylardan. Parijdagi mashhur me&#8217;moriy yodgorlik \u2014 sobiq Qirollik qarorgohi binosida joylashgan. 1791 yilda inqilobiy Konvent dekreti bilan milliy badiiy muzey sifatida asos solingan va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/luvr\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[223],"tags":[],"class_list":["post-97826","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-l-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/97826","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=97826"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/97826\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":97830,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/97826\/revisions\/97830"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=97826"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=97826"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=97826"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}