{"id":97976,"date":"2023-08-07T15:57:33","date_gmt":"2023-08-07T12:57:33","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=97976"},"modified":"2023-08-07T15:57:36","modified_gmt":"2023-08-07T12:57:36","slug":"lokayata","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/lokayata\/","title":{"rendered":"Lokayata"},"content":{"rendered":"\n<p>Lokayata (sanskritcha \u2014 insoniy dunyo), charvaka \u2014 qadimgi hind falsafiy ta&#8217;limoti. Miloddan avvalgi 1-ming yillik o&#8217;rtalarida yarim afsonaviy donishmand Brihaspati asos solgan deb hisoblanadi. Lokayata haqidagi ilk ma&#8217;lumotlar buddizm ahkomlari matnlarida, vedalar va qadimgi hind eposida bayon etilgan. Lokayata falsafasi brahmanizmga qarshi bo&#8217;lib, dunyo (tabiat)ni ilohiy kuchlarsiz izohlash kerak, degan g&#8217;oyani ilgari suradi. Lokayata ta&#8217;limotiga ko&#8217;ra, inson 4 unsurdan tashkil topgan, u o&#8217;lgach, undagi tuproq unsure tuproqqa, suv unsuri suvga, o&#8217;t unsuri o&#8217;tga, havo unsuri havoga, sezgilar esa fazoga aylanadi. Inson tana va ruh birligida namoyon bo&#8217;ladi. Tana o&#8217;lishi bilan ong ham yo&#8217;qoladi. Har bir inson bir marta yashaydi. U qaytadan tirilmaydi. Lokayata jon, ruhning ko&#8217;chib yurishini rad etadi. Lokayata namoyandalari o&#8217;z ta&#8217;limotlarida xudojo&#8217;ylikka qarshi yerdagi hayotni targ&#8217;ib etadi. Ular kastachilikni qoralab, barcha insonlar teng, degan g&#8217;oyani ilgari suradi. Ularning fikricha, olamda sodir bo&#8217;lib turadigan hodisa va jarayonlarning sababchisi moddiy borliqdir. Masalan, olovning issiq, suvning sovuq bo&#8217;lishini aynan shu hodisalarning o&#8217;zidan izlash lozim. Inson hayotining mohiyati \u2014 shu dunyoda rohat qilishdir. Buning uchun u mehnat qilishi, ilm fan yutuqlari bilan oshno bo&#8217;lishi lozim. Lokayatada farovon hayot, insonning axloqiy kamoloti g&#8217;oyalari olg&#8217;a surilgan. Lokayata vakillari bilish nazariyasida sensualizm mavkeida turib, sezgi \u2014 bilishning birdan-bir ishonchli manbai deb hisoblaydi. Lokayataning keyingi ko&#8217;rinishi charvaka deb ataladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Lokayata (sanskritcha \u2014 insoniy dunyo), charvaka \u2014 qadimgi hind falsafiy ta&#8217;limoti. Miloddan avvalgi 1-ming yillik o&#8217;rtalarida yarim afsonaviy donishmand Brihaspati asos solgan deb hisoblanadi. Lokayata haqidagi ilk ma&#8217;lumotlar buddizm ahkomlari &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/lokayata\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[223],"tags":[],"class_list":["post-97976","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-l-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/97976","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=97976"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/97976\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":97977,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/97976\/revisions\/97977"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=97976"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=97976"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=97976"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}