{"id":98046,"date":"2023-08-08T10:11:07","date_gmt":"2023-08-08T07:11:07","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=98046"},"modified":"2023-08-08T10:11:13","modified_gmt":"2023-08-08T07:11:13","slug":"laqay-loqay","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/laqay-loqay\/","title":{"rendered":"Laqay, loqay"},"content":{"rendered":"\n<p>Laqay, loqay \u2014 o&#8217;zbeklar tarkibiga kirgan elatlardan biri. Laqay, asosan, Buxoro xonligining Hisor va Baljuvon bekliklari hududlarida, ayrim guruhlari hozirgi Surxondaryo viloyatining Denov, Tojikistonning Somoniyon, Kofarnihon, Hisor tumanlari, Xatlon viloyatining Qo&#8217;rg&#8217;ontepa va Ko&#8217;lob mintaqalarida muqim aholi sifatida istiqomat qilishadi. Laqaylar Afg&#8217;onistonning Bag&#8217;lon va Balx viloyatlarida, Pokistonning Karochi shahri, Saudiya Arabistonidagi Makka, Madina, Jidda shaharlarida, Turkiyaning Antakiya, Istanbul mintaqalarida, Eronning Tehron viloyatidagi qizil Hisor, Sheroz, Zohidon, Kermon, Qazvin va Ho&#8217;rmuzgon viloyatlarida yashaydilar. Taxminiy ma&#8217;lumotga ko&#8217;ra, umumiy soni 500 ming kishidan ortiq. 20-asr boshlarida Hisor bekligida Laqaylar Hisor Laqaylari (esanxo&#8217;ja, bodroqli urug&#8217;lari), Baljuvon bekligida yashovchilarni Baljuvon Laqaylari (bayram, to&#8217;rtuvul urug&#8217;lari) (hozirgi Ko&#8217;lob Laqaylari) deb atalgan. Bu urug&#8217;larning har biri, o&#8217;z navbatida, yana bir qancha kichik urug&#8217; (bo&#8217;lak)larga bo&#8217;lingan. Laqaylar xam o&#8217;zbek xalqini tashkil etgan boshqa elatlar singari hozirgi yashab turgan hududlarda shakllanib rivojlangan. Laqaylar chorvachilik, yilqichilik bilan shug&#8217;ullangan. Laqay ot zoti va hisori qo&#8217;ylar Markaziy Osiyoda mashhur. Boy xo&#8217;jaliklarda 300-400, ayrimlarida 900-1000 yilqi bo&#8217;lgan. 19-asr oxirlarida o&#8217;troqlashish jarayonida dehqonchilik bilan shug&#8217;ullanishgan. Laqaylar o&#8217;ziga xos urf-odat va an&#8217;analarga ega. Laqay qizlari tikadigan mapremech, Juk charig&#8217;ich, aynaxalta, keshte va boshqalar shunga o&#8217;xshash milliy madaniyat namunalari mashhur. Ayniqsa, Laqaylarda tikiladigan torlama va bostirma taqiyalar, ya&#8217;ni milliy bosh kiyimlar, o&#8217;ziga xos milliy madaniyat namunalari sifatida ajralib turadi. Ad.: Malliskiy N. G., Uchebnoe posobie po geografii Tadjikistana, T. \u2014Samarqand, 1929; Karmisheva B. X., Uzbeki-lokaytsi Yujnogo Tadjikistana, Stalinabad, 1954. Nasriddin Mamanaza- rov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Laqay, loqay \u2014 o&#8217;zbeklar tarkibiga kirgan elatlardan biri. Laqay, asosan, Buxoro xonligining Hisor va Baljuvon bekliklari hududlarida, ayrim guruhlari hozirgi Surxondaryo viloyatining Denov, Tojikistonning Somoniyon, Kofarnihon, Hisor tumanlari, Xatlon viloyatining &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/laqay-loqay\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[223],"tags":[],"class_list":["post-98046","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-l-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/98046","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=98046"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/98046\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":98049,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/98046\/revisions\/98049"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=98046"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=98046"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=98046"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}