{"id":98174,"date":"2023-08-08T13:43:43","date_gmt":"2023-08-08T10:43:43","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=98174"},"modified":"2023-08-08T13:43:46","modified_gmt":"2023-08-08T10:43:46","slug":"lift","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/lift\/","title":{"rendered":"Lift"},"content":{"rendered":"\n<p>Lift (inglizcha Lift \u2014 ko&#8217;tarmoq) \u2014 odamlar va yuklarni vertikal yo&#8217;nalish bo&#8217;yicha tashish uchun mo&#8217;ljallangan kabinali muqim (stasionar) ko&#8217;tarish mashinasi. Kabinani harakatlantirish usuliga ko&#8217;ra, mexanik, gidravlik va pnevmatik xillarga bo&#8217;linadi. Elektr yordamida kanatli chig&#8217;ir bilan ko&#8217;tarib tushiruvchi mexanik Lift eng keng tarqalgan. Lift blokli chig&#8217;ir, yo&#8217;naltirgich bo&#8217;ylab harakatlantiruvchi kabina va posangidan iborat. Lift chig&#8217;irining joylashishiga ko&#8217;ra, pastda va yuqorida joylashadigan; xavfsizlikni ta&#8217;minlash qurilmasiga ko&#8217;ra, kabinasi Polist-plastli yoki bevosita osmali, posangili va boshqalar; harakatlanishiga ko&#8217;ra, sekin (1m\/ sek), tez (1,5 m\/sek) va juda tez (3,5 m\/ sek va undan ortiq) harakatlanadigan xillari bor. Kanatlarga osilgan kabina tik shaxtada harakatlanadi. Sirpanma va rolikli boshmoqlar kabinani vertikal vaziyatda tutib turadi. Kabina harakatlanganda boshmoqlar shaxta devoriga qo&#8217;zg&#8217;almas qilib mahkamlangan yo&#8217;naltirgichlarda siljiydi. Xavfsizlikni ta&#8217;minlash uchun kabina va posangilar kamida 2 kanatga osiladi. Liftning xavfsiz ishlashini ta&#8217;minlash uchun kabinani ushlab qoluvchi va tezlikni cheklovchi qurilmalar o&#8217;rnatiladi. Bu qurilmalar tezlik mo&#8217;ljaldan bir oz oshganda, kanat uzilganda yoki bo&#8217;shab qolganda ishga tushadi. Lift yorug&#8217;lik va tovush signalizatsiyasi va boshqa qurilmalar bilan jihozlanadi. Ko&#8217;pgina Liftlar ichki buyruq va tashqi chaqiriq tugmacha (Knopka) lari orqali boshqariladi. Yo&#8217;lovchi ma&#8217;lum qavatdagi chaqiriq tugmachasini bosib Liftni &#8220;chaqiradi&#8221;. Lift kabinasiga kirgach, o&#8217;ziga kerakli qavatga oid tugmachani bosib, Liftga &#8220;buyruq&#8221; beradi. Liftning boshqarish apparatlari va ko&#8217;tarish mexanizmi mashinaxonada joylashgan. Gidravlik &#8220;suzib yuruvchi&#8221; Liftda kabina germetik shaxtaga nasos yordamida haydaladigan suv yordamida ko&#8217;tariladi. Pnevmatik Liftda kabina shaxtada hosil qilinadigan havo bosimi yordamida ko&#8217;tariladi. Bulardan tashqari, uzluksiz ishlaydigan ko&#8217;targichlar ham bor. Bunday Liftning har qaysi kabinasi uzluksiz zanjir zvenosi sifatida bo&#8217;lib, zanjirning bir qismi tushib, ikkinchi qismi ko&#8217;tariladi; bunda shaxtaning kirish eshigi doimo ochiq bo&#8217;ladi. Uning tezligi (0,3 m\/sek) harakatlanayotgan kabinaga kirish va chiqishga imkon beradi. Liftning o&#8217;tmishdoshi miloddan avvalgi 1-asrda Rimda qurilgan. Shundan so&#8217;ng 6-asrda Misrda, 13-asrda Frantsiyada, 18-asrda Rossiyada, 19-asrda Germaniyada qurilgan. O&#8217;zbekistonda ham liftsozlik sanoati mavjud. 1969 yil Samarqand shahrida liftlar va ehtiyot qismlar ishlab chiqaradigan zavod qurilgan. Zamonaviy Lift avtomatik muhofaza va blokirovka vositalari, yorug&#8217;lik signalizatsiyasi, telefon aloqasi, dispetcherlik xizmati apparaturasi bilan ta&#8217;minlanadi. Odam tashiydigan Liftga 20 kishigacha yo&#8217;lovchi sigadi, u 150 metrgacha balandlikka ko&#8217;tarila oladi, tezligi 7,0 m\/sek gacha, yuk tashiydigan Lift 5 tonnagacha yukni 200 metrgacha (ba&#8217;zi magazin Liftlarida 10 tonnagacha yukni 45 metrgacha) balandlikka ko&#8217;tara oladi, tezligi 2,5 m\/sek gacha yetadi (2003). Lift turar joylar, jamoat va sanoat korxonalari binolariga, teleminoralar va boshqalarga quriladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Lift (inglizcha Lift \u2014 ko&#8217;tarmoq) \u2014 odamlar va yuklarni vertikal yo&#8217;nalish bo&#8217;yicha tashish uchun mo&#8217;ljallangan kabinali muqim (stasionar) ko&#8217;tarish mashinasi. Kabinani harakatlantirish usuliga ko&#8217;ra, mexanik, gidravlik va pnevmatik xillarga bo&#8217;linadi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/lift\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[223],"tags":[],"class_list":["post-98174","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-l-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/98174","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=98174"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/98174\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":98175,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/98174\/revisions\/98175"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=98174"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=98174"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=98174"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}