{"id":98887,"date":"2023-08-12T19:45:11","date_gmt":"2023-08-12T16:45:11","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=98887"},"modified":"2023-08-12T19:45:15","modified_gmt":"2023-08-12T16:45:15","slug":"validiy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/validiy\/","title":{"rendered":"Validiy"},"content":{"rendered":"\n<p>Validiy (taxallusi; asl ismi Ahmatzaki Ahmetshaxovich Validov; muhojirlikda \u2014 Ahmad Zakiy Validiy to&#8217;g&#8217;on) (1890.10.12, Ufa gubernyasi, Boshqirdiston \u2014 1970. 26. 7, Istanbul, Turkiya) \u2014 turkiy xalqlar milliy ozodlik harakatining yetakchilaridan biri, sharqshunos-turkshunos olim, falsafa Doktori (1930). Qozon shahri Qosimiya madrasasida tahsil ko&#8217;rgan (1908-12), shu yerda turkiy xalqlar tarixi va adabiyotidan dars bergan (1910-13). &#8220;Turk va tatar tarixi&#8221; (1912, Qozon shahri) kitobi bilan mashhur bo&#8217;lgan. Qozon universiteti tarix, arxeologiya va eti. jamiyati yo&#8217;llanmasi bilan Sharq qo&#8217;lyozmalarini o&#8217;rganish uchun Farg\u2019ona vodiysida (1913), Rossiya Fanlar Akademiyasi Markaziy Osiyo va uzoq Sharqni tadqiq etish xalqaro jamiyati yo&#8217;llanmasi bilan Buxoro amirligida (1914) yashadi. Turkiston va Volgabo&#8217;yi turkiy xalqlari tarixi, turmush tarzi va madaniyati ustida ilmiy tadqiqotlar olib bordi. Turkistonda Behbudiy, Munavvarqori, Cho&#8217;lpon, Mustafo Cho&#8217;qay, Nazir To&#8217;raqulov va boshqa arboblar bilan tanishdi. Sankt-Peterburgda davlat Dumasi musulmon fraktsiyasi a&#8217;zosi (1915). 1917 yil aprelda Toshkentga kelib, o&#8217;lkadagi siyosiy jarayonlarda qatnashdi. Butun-Turkiston musulmonlari 1-qurultoyida (1917 yil 16-23 aprel) tuzilgan Turkiston o&#8217;lkasi musulmon sho&#8217;rosi bosh kotibi, uning organi &#8220;Kengash&#8221; gazetasi muharriri. O&#8217;lka xalqlari muxtoriyat harakatida faol ishtirok etib, turkey el-elatlarning birligi va mustaqilligi g&#8217;oyasini izchil himoya qildi. Toshkent shahri dumasining deputati (1917). 1917 yil oxiridan Boshqirdiston muxtoriyati va milliy harakati rahbarlaridan biri, hukumat boshlig&#8217;i va harbiy noziri. Muxtoriyat huquqi cheklab qo&#8217;yilgach, sho&#8217;rolar hukumati bilan hamkorlik qilishdan voz kechdi. 1920 yil Buxoroga keldi va istiqlolchi guruhlarga siyosiy rahbarlik qiluvchi markaz tuzish maqsadida Buxoro hukumati boshlig&#8217;i Fayzulla Xo&#8217;jayev va boshqalar bilan muzokara yuritdi. Milliy birlik Kongressida (1921 yil avgust, Buxoro shahri) O&#8217;rta Osiyo milliy musulmon jamiyatlari federatsiyasi (keyinchalik &#8220;Turkiston milliy birligi&#8221; deb atalgan) tashkil etilib, Validiy unga rais qilib saylandi, istiqlolchilik harakatining g&#8217;oyaviy jipslashuvi uchun kurashdi, qizil askarlarga karshi janglarda qatnashdi. 1923 yil Fevraldan \u2014 xorijda. Eron, Afg&#8217;oniston, Hindiston, Turkiyada va Yevropa mamlakatlarida ilmiy faoliyat bilan shug&#8217;ullandi. Istanbul, Bonn, Gyottingen universitetlarida turkiy xalqlar tarixidan dars berdi. Ilmiy asarlari turk, nemis, frantsuz, rus va boshqa tillarga tarjima etilib, nashr qilindi. Bulardan muhimlari: &#8220;turkiy xalqlar tarixiga kirish&#8221;, &#8220;O&#8217;rta Osiyo tarixining Islom davri&#8221;, &#8220;Turkiston&#8221;, &#8220;turkiylar shajarasi&#8221;, &#8220;Temurning g&#8217;arbga yurishlari&#8221;, &#8220;Temur avlodlari&#8221;, &#8220;bugungi turk eli Turkiston va yaqin tarixi&#8221;, &#8220;Sharqda sho&#8217;rolar siyosati&#8221;, &#8220;Turkistonning istiqlol harakatiga qarshi&#8221;, &#8220;Beruniyning dunyoqarashi&#8221;, &#8220;Alisher Navoiy&#8221;, &#8220;Shayboniyxon she&#8217;riyati&#8221;, &#8220;tarixda turklar va forslar&#8221;, &#8220;xotiralar&#8221; va boshqalar. As: Vospominaniya, M., 1997; Bo&#8217;linganni bo&#8217;ri yer. Turkiston xalqlarining milliy mustaqillik uchun kurashi tarixidan [xotiralar), T., 1997. Qahramon Rajabov, Renat Shigabiddinov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Validiy (taxallusi; asl ismi Ahmatzaki Ahmetshaxovich Validov; muhojirlikda \u2014 Ahmad Zakiy Validiy to&#8217;g&#8217;on) (1890.10.12, Ufa gubernyasi, Boshqirdiston \u2014 1970. 26. 7, Istanbul, Turkiya) \u2014 turkiy xalqlar milliy ozodlik harakatining yetakchilaridan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/validiy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[207],"tags":[],"class_list":["post-98887","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-v-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/98887","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=98887"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/98887\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":98891,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/98887\/revisions\/98891"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=98887"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=98887"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=98887"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}