{"id":98914,"date":"2023-08-12T20:40:40","date_gmt":"2023-08-12T17:40:40","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=98914"},"modified":"2023-08-12T20:40:43","modified_gmt":"2023-08-12T17:40:43","slug":"voyaga-yetmaganlar-javobgarligi-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/voyaga-yetmaganlar-javobgarligi-2\/","title":{"rendered":"Voyaga yetmaganlar javobgarligi"},"content":{"rendered":"\n<p>Voyaga yetmaganlar javobgarligi \u2014 18 yoshga to&#8217;lmasdan jinoyat sodir qilgan shaxslarning javobgarligi, jinoyat qonuniga binoan tayinlanadigan, qat&#8217;iy cheklangan jazo turlari. O&#8217;zbekiston Respublikasi jinoyat qonunida voyaga yetmaganlar sodir etadigan jinoyatlarning o&#8217;ziga xos xususiyatlari va boshqa holatlari e&#8217;tiborga olinib, alohida javobgarlik belgilangan. Bular: a) jarima; b) axloq tuzatish ishlari; v) qamoq; g) ozodlikdan Maxrum qilish jazolaridan biridir. Ular jinoyatning turi va xarakteriga qarab tayinlanadi va voyaga yetmaganlarga nisbatan jazoning boshqa turlari, qo&#8217;shimcha jazolar tayinlanishi mumkin emas (O&#8217;zR JK, 81-modda). Voyaga yetmasdan jinoyat sodir qilgan shaxslarga nisbatan tayinlanadigan jazo miqdori va muddatlari ancha qisqartirilgan. Axloq tuzatish ishlari 1 oydan 1 yilgacha muddat doirasida belgilanadi va bu jazoni o&#8217;tash uchun mahkumni o&#8217;zi yashayotgan joydan boshqa joylarga jo&#8217;natish mumkin emas. Qamoq jazosi 1 oydan 3 oygacha muddat doirasida tayinlanadi. Ozodlikdan mahrum qilish muddati ham voyaga yetmaganlar yoshi va jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasiga qarab belgilanadi: u 16 yoshga to&#8217;lmaganlarga \u2014 uncha og&#8217;ir bo&#8217;lmagan jinoyat uchun \u2014 3 yilgacha; og&#8217;ir jinoyat uchun \u2014 6 yilgacha; o&#8217;ta og&#8217;ir jinoyat uchun \u2014 10 yilgacha; 16 yoshdan 18 yoshgacha bo&#8217;lganlarga \u2014 uncha og&#8217;ir bo&#8217;lmagan jinoyat uchun \u2014 4 yilgacha; og&#8217;ir jinoyat uchun 7\u2014 yilgacha; o&#8217;ta og&#8217;ir jinoyat uchun \u2014 10 yilgacha muddat doirasida tayinlanadi va har qanday holda bu muddatlardan chetga chiqilishi mumkin emas (O&#8217;zR JK 85 &#8211; va 86-moddalari). Sud tomonidan ozodlikdan mahkum etishga hukm qilingan voyaga yetmaganlar jazoni voyaga yetmaganlar tarbiya koloniyasida o&#8217;taydi. Voyaga yetmaganlarni javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilishning alohida qoidalari tadbiq qilinadi. Shuningdek, jinoyati uchun 3 yildan ko&#8217;p bo&#8217;lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan yoki undan ham yengilroq boshqa jazo olgan voyaga yetmaganlarni sud javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilib, jinoiy jazo hisoblanmagan quyidagi majburlov choralarini qo&#8217;llashi mumkin: a) sud belgilaydigan shaklda jabrlanuvchidan uzr so&#8217;rash; b) 16 yoshga to&#8217;lgan shaxs zimmasiga yetkazilgan zararni o&#8217;z mablag&#8217;i hisobidan yoki mehnati bilan to&#8217;lash yoki zararni bartaraf qilish majburiyatini yuklash; v) voyaga yetmaganni maxsus o&#8217;quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish. Uning jinoyatlari haqidagi ishlarni yuritish tartibi umumiy qoidalar, shuningdek O&#8217;zbekiston Respublikasi JPK 548-564-moddalari asosida belgilanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Voyaga yetmaganlar javobgarligi \u2014 18 yoshga to&#8217;lmasdan jinoyat sodir qilgan shaxslarning javobgarligi, jinoyat qonuniga binoan tayinlanadigan, qat&#8217;iy cheklangan jazo turlari. O&#8217;zbekiston Respublikasi jinoyat qonunida voyaga yetmaganlar sodir etadigan jinoyatlarning o&#8217;ziga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/voyaga-yetmaganlar-javobgarligi-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[207],"tags":[],"class_list":["post-98914","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-v-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/98914","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=98914"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/98914\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":98922,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/98914\/revisions\/98922"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=98914"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=98914"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=98914"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}