{"id":98925,"date":"2023-08-12T20:49:59","date_gmt":"2023-08-12T17:49:59","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=98925"},"modified":"2023-08-12T20:50:02","modified_gmt":"2023-08-12T17:50:02","slug":"vose-qozgoloni","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/vose-qozgoloni\/","title":{"rendered":"Vose qo&#8217;zg&#8217;oloni"},"content":{"rendered":"\n<p>Vose qo&#8217;zg&#8217;oloni (1887-1888) -Buxoro amirligi hududida bo&#8217;lib o&#8217;tgan xalq qo&#8217;zg&#8217;oloni. 19-asrning 70-yillarigacha Ko&#8217;lob, Qorategin, Darvoz, Voxon, Ro&#8217;shon, Shug&#8217;non viloyatlari yarim mustaqil mulk (shohlik, beklik)lar edi. 70-80-yillarda chor mustamlakachi ma&#8217;murlari yordamida mazkur viloyatlar va mulklar amirlik hududiga qo&#8217;shib olindi. Shu munosabat bilan bu boy tog&#8217;li o&#8217;lkani soliq va boshqa bahonalar bilan talon-taroj qilish boshlandi. Buning ustiga 1881 yildan boshlab Afg&#8217;oniston tomondan chigirtkalar yopirilib, ekinlarni nobud etdi. Chigirtkaga qarshi Amir va mustamlakachi ma&#8217;murlar hech qanday tadbiru chora ko&#8217;rmadilar. 1885 yil ekinlar hosil berganda Amir omillari kelib, qurg&#8217;oqchilik yillari (1881-84) uchun ham xiroj talab qildi. Shu talab xalqning to&#8217;lib turgan sabr kosasini toshirib yubordi. Xalq qo&#8217;zg&#8217;aldi. Unga Xovaling amlokdorligida yashaydigan Abdulvose degan dehqon yigit boshchilik qildi. Sarihisor, Maxdumdor, Zuvoili, Qizilmozor qishloqlaridan ming nafarga yaqin qo&#8217;zg&#8217;olonchi kelib qo&#8217;shildi. Vose boshchiligidagi qo&#8217;zg&#8217;olonchilar Qizilsuv daryosining o&#8217;ng qirg&#8217;og&#8217;ida joylashgan Baljuvon tog&#8217; qal&#8217;asi tomon yurdilar. Bek huzuriga elchi jo&#8217;natdilar. Lekin elchilar o&#8217;limga mahkum etildi. Bek sarbozlari qo&#8217;zg&#8217;olonchilarga qarata o&#8217;t ochdilar. Ikki o&#8217;rtadagi qonli jangda qo&#8217;zg&#8217;olonchilarning qo&#8217;li baland keldi. Bek o&#8217;z odamlari bilan Kongurt qal&#8217;asiga chekindi. Vose Baljuvonni egalladi va mahbuslarni ozod etdi. Baljuvon begiga Ko&#8217;lob, Hisor va Buxorodan yordam keldi va u Baljuvonni qo&#8217;zg&#8217;olonchilar qo&#8217;lidan qaytarib olishga muvaffaq bo&#8217;ldi. Vose qo&#8217;zg&#8217;olonchilari safi yanada kengaydi va Baljuvon yana egallandi. Shu orada Hisor begi Ostonaqul qushbegi Ko&#8217;lob, Qorategin sarbozlari bilan yetib keldi. Nurek yaqinidagi jangda Vose boshliq qo&#8217;zg&#8217;olonchilar yengildi. Vose Xovaling qal&#8217;asi tomon chekinadi. Unga ergashgan qo&#8217;zg&#8217;olonchilarni sarbozlar ta&#8217;qib etib, qirg&#8217;in uyushtiradilar. Baljuvon begi qo&#8217;lga tushgan 40 nafar qo&#8217;zg&#8217;olon rahbarini qal&#8217;a oldida qatl ettiradi. Vose Xovaling tumanida bir sho&#8217;robdaralik tanishi uyiga berkinadi. Uy egasi sotqinlik qilib, Voseni bekka tutib beradi. Baljuvon begi Abdulqodir uni 130 nafar asirlar bilan birga Ostonaqul qushbegiga topshiradi. Vose va boshqa qo&#8217;zg&#8217;olon rahbarlarini Shahrisabzgacha, Amir Abdulahad qarorgohigacha sazoyi qilib piyoda haydab boradilar. Amir uni Oqsaroy oldida dorga ostiradi. Boshqa bir guvohlikka ko&#8217;ra Amir Voseni o&#8217;z qabuliga kiritgan. Vosening achchiq so&#8217;zlariga chiday olmagan Amir yonidagi qo&#8217;riqchilariga &#8220;chop!&#8221; deb buyurgan. Bir sarboz Vosening boshiga qilich urgan. Ba&#8217;zi manbalarda Vosening Yusuf, Olloyor, kulux miroxo&#8217;r, Azim, Rizo kabi jangovar do&#8217;stlari bo&#8217;lgani, qo&#8217;zg&#8217;olonchilar safida ayollar ham ishtirok etgani, masalan, Sayda ismli qiz otasi bilan birga sarbozlarga qarshi jang qilgani aytiladi. Vose o&#8217;ldirilgach, Hasan, Davlat degan o&#8217;g&#8217;illari qo&#8217;zg&#8217;olonni yana davom ettirdilar. Lekin, mustamlakachi ma&#8217;murlar ulardan shafqatsizlarcha o&#8217;ch oldilar. Xalq qahramoni Vose haqida Doston, qo&#8217;shiqlar to&#8217;qilgan. Abdurauf Fitrat &#8220;Vose isyoni&#8221; (1931) dramasini, G&#8217;ani Abdullo &#8220;Vose&#8221; (1937) musiqali dramasini, Mirzo Tursunzoda &#8220;Vose qo&#8217;zg&#8217;oloni&#8221; operasi librettosini (1939), Sotim Ulug&#8217;zoda &#8220;Vose&#8221; dramasi va romanini yozgan. Naim Norqulov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Vose qo&#8217;zg&#8217;oloni (1887-1888) -Buxoro amirligi hududida bo&#8217;lib o&#8217;tgan xalq qo&#8217;zg&#8217;oloni. 19-asrning 70-yillarigacha Ko&#8217;lob, Qorategin, Darvoz, Voxon, Ro&#8217;shon, Shug&#8217;non viloyatlari yarim mustaqil mulk (shohlik, beklik)lar edi. 70-80-yillarda chor mustamlakachi ma&#8217;murlari yordamida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/vose-qozgoloni\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[207],"tags":[],"class_list":["post-98925","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-v-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/98925","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=98925"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/98925\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":98926,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/98925\/revisions\/98926"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=98925"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=98925"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=98925"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}