{"id":98952,"date":"2023-08-13T12:50:42","date_gmt":"2023-08-13T09:50:42","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=98952"},"modified":"2023-08-13T12:50:46","modified_gmt":"2023-08-13T09:50:46","slug":"vatikan-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/vatikan-2\/","title":{"rendered":"Vatikan"},"content":{"rendered":"\n<p>Vatikan (Vaticano, Stato della Citta del Vaticano) \u2014 Italiya poytaxti \u2014 Rimning g&#8217;arbiy qismidagi Monte-Vatikan tepaligida joylashgan mustaqil shahar-davlat. Katolik cherkovining siyosiy, ma&#8217;muriy va mafkuraviy markazi, uning boshlig&#8217;i \u2014 Rim papasi qarorgohi. Qariyb hamma tomoni tosh devor bilan o&#8217;ralgan. Maydoni 0,44 km2. Doimiy aholisi 1 ming kishiga yaqin (700 kishi Vatikan fuqarosi). Rasmiy tillari \u2014 lotin va italyan tillari. Davlat tuzumi. Vatikan \u2014 cheklanmagan teokratik monarxiya. Konstitutsion hujjatlari 1929 yilda qabul qilingan. Davlat boshlig&#8217;i \u2014 Rim papasi. 1996 yil Fevralda Papa Ioan Pavel II tomonidan chiqarilgan yangi Konstitutsiyaga muvofiq, u, odatda, kardinallar orasidan yashirin ovoz berish orqali ovozlarning uchdan ikki qismiga ega bo&#8217;lgan taqdirda kardinallar hay&#8217;ati tomonidan umrbod saylanadi. Oliy qonun chiqaruvchi, ijrochi va sud hokimiyati Papa qo&#8217;lida. Ayni vaqtda u Rim katolik cherkovining ham boshlig&#8217;i hisoblanadi. Papa huzuridagi maslahat organi \u2014 kardinallar hay&#8217;ati cherkovning eng muhim ishlarini muhokama qilish va papain saylash uchun yig&#8217;ilib turadi. Rim papasi Ioann Pavel II (264-Papa) 1978 yil 16 oktabrda saylangan. Bu kun Vatikanda milliy bayram sifatida nishonlanadi. Tarixi. Ilk o&#8217;rta asr davrida Vatikan Rim papalarining turar joyi, 1377 yildan boshlab esa doimiy qarorgohi. 8-asrdan cherkov davlati sifatida mavjud. 1870 yilda Italiya birlashishi munosabati bilan Italiya qirolligi tarkibiga qo&#8217;shib olingan. 1929 yilda Papa bilan Italiya hukumati o&#8217;rtasidagi Lateran bitimi natijasida Vatikan davlati qayta tiklandi va 1929 yil 11 Fevralda mustaqil davlat sifatida tan olindi. Katolik cherkovining xalkaro markazi sifatida Vatikan dunyoning ko&#8217;pgina mamlakatlaridagi ijtimoiy turmushga ta&#8217;sir o&#8217;tkazadi. O&#8217;zbekiston Respublikasi bilan Diplomatiya munosabatlari 1992 yil 17 oktabrda o&#8217;rnatilgan. Iqtisodiyoti. Davlat iqtisodiy negizini kapital mablag&#8217;lardan tushadigan daromadlar, milliy katolik Cherkovlarning badallari, dindorlarning ehsonlari tashkil qiladi. Vatikan\u2014 dunyoning yirik sanoat-moliya monopoliyalaridan biri (uning oltin va valyuta bisoti 12 milliard AQSh dollaridan ortiq deb taxmin qilinadi). O&#8217;zining moliyaviy, iqtisodiy operasiyalari va ishonchli vakillari orqali qudratli xalqaro korporatsiyalar, banklar bilan uzviy bog&#8217;langan. Vatikan bir qancha kompaniya va banklar aktsiyasiga ega. Italiya, Buyuk Britaniya, Shveytsariya, Frantsiya, Ispaniya, shuningdek AQSh va Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi sanoat tarmoqlari korxonalariga qo&#8217;yilgan sarmoyadan katta foyda olib turadi. Italiya, Germaniya, Ispaniya va boshqa mamlakatlarda katta yer maydonlariga ega. Xorijiy sayyohlik va pochta markalari chiqarish, suvenirlar sotish ham ko&#8217;p daromad keltiradi. Pul birligi \u2014 italyan lirasi; numizmatlar uchun Vatikan lirasi ham zarb etiladi. Matbuoti. Vatikanning rasmiy nashrlari: &#8220;akta apostolike sedis&#8221; (&#8220;Havoriy Arsh hujjatlari&#8221;, oylik byulleten, 1909 yildan), &#8220;Annuario Pontifichio&#8221; (&#8220;Papa yilnomasi&#8221;, yillik ma&#8217;lumotnoma), &#8220;Osservatore della Domenika&#8221; (&#8220;Yakshanbalik sharh&#8221;, katoliklar uchun haftanoma), &#8220;Osservatore Romano&#8221; (&#8220;Rim sharhlovchisi&#8221;, kundalik gazetasi, 1861 yildan). Shuningdek italyan, frantsuz, ispan, portugal, nemis, ingliz tillarida haftalik nashrlari mavjud. &#8220;Adjentsia Internasionale Fides&#8221; Vatikan agentligi 1926 yilda tashkil etilgan. Vatikan radiosiga 1931 yil 12 Fevralda asos solingan, 1957 yilda qayta tashkil etilgan. &#8220;Chentro Televizivo Vatikane&#8221; \u2014 Vatikan televizion markazi 1983 yilda barpo etilgan. Me&#8217;morligi. Ilk o&#8217;rta asrlarda vujudga kela boshlagan Vatikan ma&#8217;muriy majmuasiga 15\u2014 16-asrlarda yaratilgan ko&#8217;pdan-ko&#8217;p inshootlarni o&#8217;z ichiga oluvchi Vatikan saroy ansambli (maydoni 55 ming m2) kiradi. O&#8217;z navbatida ansambl devorlari B. Mikelanjelo, P. Perujino, S. Bottichelli, D. Girlandayo ishlagan rasmlar bilan bezatilgan Sikstin Kapellasi, Beato Anjeliko ishlagan rasmlar bilan bezatilgan Nikolay V kapellasi, Rafael mo&#8217;yqalami sayqal bergan peshayvonlar va zallar, Uyg&#8217;onish davri uslubidagi ichki hovlilar (me&#8217;mor D. Bramante), barokko uslubidagi darvozaxona (me&#8217;mor L. Bernini), shuningdek ko&#8217;zni qamashtiradigan kutubxona, badiiy muzeylar va boshqalardan iborat. Vatikan bog&#8217;larida Piy IV kazinosi, Vatikan pinakotekasi (17-asrgacha bo&#8217;lgan italyan rassomlari asarlari to&#8217;plami) binosi va boshqalar bor. Vatikan majmuasiga Avliyo Pyotr sobori (me&#8217;morlar D. Bramante, Mikelanjelo, K. Maderna va boshqalar), Navon maydonidagi qator kolonnalar (me&#8217;mor L. Bernnni) qo&#8217;shilib ketgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Vatikan (Vaticano, Stato della Citta del Vaticano) \u2014 Italiya poytaxti \u2014 Rimning g&#8217;arbiy qismidagi Monte-Vatikan tepaligida joylashgan mustaqil shahar-davlat. Katolik cherkovining siyosiy, ma&#8217;muriy va mafkuraviy markazi, uning boshlig&#8217;i \u2014 Rim &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/vatikan-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[207],"tags":[],"class_list":["post-98952","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-v-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/98952","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=98952"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/98952\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":98961,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/98952\/revisions\/98961"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=98952"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=98952"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=98952"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}