{"id":98958,"date":"2023-08-13T12:38:32","date_gmt":"2023-08-13T09:38:32","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=98958"},"modified":"2023-08-13T12:38:36","modified_gmt":"2023-08-13T09:38:36","slug":"vasvasa","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/vasvasa\/","title":{"rendered":"Vasvasa"},"content":{"rendered":"\n<p>Vasvasa \u2014 odamda g&#8217;ayritabiiy, haqiqatga to&#8217;g&#8217;ri kelmaydigan, xato, bema&#8217;ni g&#8217;oyalarning paydo bo&#8217;lishi, fikrlash va faraz qilish qobiliyatining buzilishi, ruhiy kasalliklarning asosiy belgilaridan biri. Vasvasaga uchraganlarning aql-farosati, ongi teran bo&#8217;lsa ham, ba&#8217;zi voqea va hodisalar to&#8217;g&#8217;risidagi fikr-mulohazalari o&#8217;zgarib, noto&#8217;g&#8217;ri xulosalar chiqaradilar. Masalan, hayotda sodir bo&#8217;layotgan voqealarni tartib bilan so&#8217;zlab bersalar ham, ularning mazmun va mohiyatini izohlashda ma&#8217;nosiz fikrlar aytadilar. O&#8217;zlarini ruhan sog&#8217;lom his qilib, xato fikrlarini haqiqat deb tushunadilar, buning noto&#8217;g&#8217;riligini isbotlamoqchi bo&#8217;lgan kishilarga munosabat va xatti-harakatlari tubdan o&#8217;zgaradi. Vasvasa turlari ko&#8217;p: 1) kuzatish, hadiksirash Vasvasasida bemor sodir bo&#8217;layotgan voqea va hodisalarni o&#8217;ziga tegishli deb, uni badnom qilish maqsadida uyushtirilgan fitna deb hadiksiraydi. O&#8217;zaro suhbatlashib yoki chaqchaqlashib o&#8217;tirgan odamlarni uchratganda, meni mazax qilib kulishmoqda deb o&#8217;ylaydi. Badiiy asarlar o&#8217;qiganda, radio eshitganida, televizor ko&#8217;rganida bularning hammasi mening to&#8217;g&#8217;rimda deb xayol qiladi, shuning uchun o&#8217;zini ko&#8217;pchiliqdan tortadi, uyiga berkinib oladi; 2) jismoniy ta&#8217;sirlanish Vasvasasi \u2014 bemor organizmida azob beruvchi sezgilar his etib, bu \u2014 raqiblarim kashf etgan maxsus apparatlar yordamida yuborilayotgan ko&#8217;rinmas nurlar, to&#8217;lqinlar, elektr quvvati, gipnoz yoki sehr ta&#8217;sirining natijasidir, deb o&#8217;ylaydi. 3) zaharlanish Vasvasasida bemor ovqatlangach o&#8217;zini yomon his qilib, buni &#8220;dushman&#8221;laridan ko&#8217;radi va ovqatdan voz kechadi yoki &#8220;zaharsiz taomlar&#8221; izlaydi. U &#8220;dushman&#8221;lari ustidan boshqalarga arz qiladi yoki idoralardan yordam so&#8217;raydi, ba&#8217;zan baxtsiz hodisalarga sabab bo&#8217;ladigan tadbirlar ko&#8217;rishi mumkin; 4) kamsitish, gadolik va tunash Vasvasasi \u2014 ko&#8217;pincha keksalikdagi kasalliklarda, xotirasi pasaygan kishilarda uchraydi. Bunday bemor qandaydir odamlar uni tunaganligi, natijada gado bo&#8217;lib qolgani, qarindosh-urug&#8217;lari kamsitib xo&#8217;rlayotgani haqida shikoyat qilib yuradi; 5) rashk Vasvasasida yer yoki xotin bir-birini vafosizlikda ayblaydi; xatti- harakati, yurish-turishi, boshqalar bilan munosabatidan vafosizlik alomatlarini axtarib, poylab yuradi, o&#8217;z shubhasini isbotlash uchun ma&#8217;nosiz, ahmoqona dalillar keltiradi. Bemorning butun xayolini shu fikr chulg&#8217;ab oladi, ba&#8217;zan umr yo&#8217;ldoshi yoki gumon qilgan kishisiga shikast yetkazishi ham mumkin; 6) ulug&#8217;lik, badavlatlik va kashfiyot Vasvasasi \u2014 bemor o&#8217;zini mulkdor yoki dono, qudratli, ijodkor yoki olamshumul ixtirochi, deb hisoblaydi. U o&#8217;zicha yozadi, sxemalar chizadi, yangi nazariyalar yaratadi. Tashkilotlarga borib, o&#8217;zini tan olishni, takdirlashni talab qiladi; 7) o&#8217;zini ayblash va kamsitish Vasvasasi asosan ruhiy tushkunlikka tushgan kishilarda uchraydi. Ular o&#8217;zlarini oila, jamiyat oldida pastkash, gunohkor, yaramas odam deb hisoblaydilar va ko&#8217;pincha o&#8217;zlarini nobud qilishga intiladilar; 8) xastalik Vasvasasi, ipoxondrik Vasvasa\u2014 bemor o&#8217;zini o&#8217;lay deb turgan og&#8217;ir kasal deb his qiladi, nazarida tashqi qiyofasi o&#8217;zgargandek, rak yoki tanosil a&#8217;zolari kasalliklariga duchor bo&#8217;lgandek tuyuladi. Miyasi, ichki a&#8217;zolari chirib, yurak faoliyati va tomir urishi to&#8217;xtab qolgandek tuyuladi, o&#8217;zini allaqachon o&#8217;lib ketgan deb o&#8217;ylaydi. U faqat kasalligi to&#8217;g&#8217;risida o&#8217;ylab, atrof- dagi voqea va hodisalarga qiziqmay qo&#8217;yadi. Ba&#8217;zi bemorlar ichida qandaydir apparatlar yoki hayvonlar bordek sezadi va darhol operatsiya qilishlarini talab etadi. Vasvasaning bu turi bosh miyaning organik kasalligi bo&#8217;lgan odamlarda ko&#8217;p uchraydi. Vasvasa bo&#8217;lgan bemorlar ruhiy kasalliklar shnfoxonasida davolanadi. Mirqobil Halilov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Vasvasa \u2014 odamda g&#8217;ayritabiiy, haqiqatga to&#8217;g&#8217;ri kelmaydigan, xato, bema&#8217;ni g&#8217;oyalarning paydo bo&#8217;lishi, fikrlash va faraz qilish qobiliyatining buzilishi, ruhiy kasalliklarning asosiy belgilaridan biri. Vasvasaga uchraganlarning aql-farosati, ongi teran bo&#8217;lsa ham, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/vasvasa\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[207],"tags":[],"class_list":["post-98958","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-v-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/98958","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=98958"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/98958\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":98959,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/98958\/revisions\/98959"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=98958"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=98958"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=98958"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}