{"id":98962,"date":"2023-08-13T12:59:50","date_gmt":"2023-08-13T09:59:50","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=98962"},"modified":"2023-08-13T12:59:54","modified_gmt":"2023-08-13T09:59:54","slug":"vaqt","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/vaqt\/","title":{"rendered":"Vaqt"},"content":{"rendered":"\n<p>Vaqt \u2014 1) materiyaning asosiy yashash shakllaridan biri; 2) tabiatdagi biror davriy hodisaga, masalan, Yerning o&#8217;z o&#8217;qi atrofida aylanish davriga nisbatan hisoblanadigan o&#8217;lchov birligi. Vaqtni o&#8217;lchash. Yerning o&#8217;z o&#8217;qi atrofida aylanish davri bilan o&#8217;lchanadigan Vaqt birligi sutka (bir kecha-kunduz) deb ataladi. Vaqtning kattaroq birliklari oy (Oyning yer atrofida aylanish davri), yil (yerning Quyosh atrofida aylanish davri)dir. Yerning uz o&#8217;qi atrofida aylanish davri yulduzlarga yoki bahorgi teng kunlik nuqtasiga nisbatan olinsa, yulduz sutkasi, Quyoshga nisbatan hisoblansa, haqiqiy Quyosh sutkasi, O&#8217;rtacha Quyoshga nisbatan esa o&#8217;rtacha Quyosh sutkasi deyiladi. Oyning yer atrofida yulduzlarga nisbatan aylanish davri \u2014 siderik oy (yulduz oyi), oyning ikkita bir xil fazalari orasida o&#8217;tadigan davr \u2014sinodik oy deyiladi. Nihoyat, Quyoshning yer atrofida ko&#8217;rinma (vizual) harakati yulduzlarga nisbatan olinsa, siderik yil (yulduz yili), bahorgi teng kunlik nuqtasiga nisbatan hisoblansa, tropik yil hosil bo&#8217;ladi. Vaqtning eng kichik birligi qilib sutkaning 1\/86400 qismiga teng vaqt \u2014 sekund qabul qilingan. Fan va texnikada sekundning mingdan, milliondan bir ulushlari bilan ham ish ko&#8217;riladi. Olimlar Yerning o&#8217;z o&#8217;qi atrofida notekis aylanishini aniqlashdi. Shuning uchun vaqt birligining o&#8217;zgarmasligini ta&#8217;minlash maqsadida nazariy efemerid sekund birligi qabul qilingan. Efemerid sekund tropik shlning 1\/31556925,9747 ulushiga teng (maxrajidagi raqam asrimiz boshi \u2014 1900 tropik yildagi sekundlar soni). Vaqtning boshqa birliklari vaqt o&#8217;tishiga bog&#8217;liq bo&#8217;lmagan o&#8217;zgarmas birlik \u2014 efemerid sekund yordamida istalgan davr uchun hisoblanishi mumkin. Demak, vaqtning asosiy birligi qilib, efemerid sutkaning 1\/86400 ulushiga teng efemerid sekund qabul qilingan. Bunda erning o&#8217;z o&#8217;qi atrofidagi notekis harakati hisobga olingan. Bevosita kuzatishlarga asoslanib yulduz vaqti aniqlanadi. Uning asosiy o&#8217;lchov birligi yulduz sutkasi hisoblanadi. Yulduz sutkasining boshlanishi bahorgi teng kunlik nuqtasining yuqori kulminatsiya paytiga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Shu paytda yulduz vaqti bilan yuradigan soatlar 0 soat 0 minut 0 sekundni ko&#8217;rsatishi kerak. Bahorgi teng kunlik nuqtasi yerning nutatsion harakati ta&#8217;siridan xoli deb qabul qilingan vaqt o&#8217;rtacha yulduz vaqti deb ataladi. Yerning yulduzlarga nisbatan o&#8217;z o&#8217;qi atrofida aylanish davri 24 soat 0 minut 0,0084 sekund o&#8217;rtacha yulduz vaqtiga teng bo&#8217;ladi. Kundalik hayotimizda asosan o&#8217;rtacha Quyosh vaqtidan foydalanamiz. O&#8217;rtacha Quyosh \u2014 ekvator bo&#8217;ylab tropik yil ichida bir marta tekis aylanib chiqadigan xayoliy nuqtadir. O&#8217;rtacha Quyosh markazining yuqori kulminatsiya paytio&#8217;rtacha tush payti deb ataladi. O&#8217;rtacha Quyosh vaqti shu paytdan boshlanadi. O&#8217;rtacha Quyosh markazining pastki kulminasiya payti yarim tun deb ataladi. Fuqaro vaqti shu paytdan (soat 24 oydan) hisoblanadi va taqvim (kalendar) kun o&#8217;zgaradi. Astronomiyada 1925 yilgacha kun hisobi tush paytida o&#8217;zgarar, ya&#8217;ni yangi kun kunduzi soat 12 dan boshlanar edi. 1925 yildan boshlab astronomiyada ham fuqaro vaqtidan foydalanilmoqda. Tropik yil 366,2422 yulduz sutkasidan iborat; bunda yer Quyosh atrofini bir marta to&#8217;liq aylanib chiqadi, shu sababli, Quyoshga nisbatan yerning o&#8217;z o&#8217;qi atrofida aylanish soni kam, ya&#8217;ni 365,2422 sutka bo&#8217;ladi. Shuning uchun 366,2422 yulduz sutkasi 365,2422 o&#8217;rtacha Quyosh sutkasiga teng. Bundan quyi-dagi xulosalarga kelish mumkin. Yulduz vaqtining 24 soati \u2014 o&#8217;rtacha Quyosh vaqtining 23 soat 56 minut 4,090 sekundiga, o&#8217;rtacha Quyosh vaqtining 24 soati \u2014 yulduz vaqtining 24 soati 3 minut 56,555 sekundiga teng. Yulduz vaqtidan o&#8217;rtacha Quyosh vaqtiga va aksincha o&#8217;tish uchun astronomik yilnomalarda boshlang&#8217;ich meridianning har yarim kechasiga oid yulduz vaqti beriladi. Yer sharining har bir joyida shu joyning o&#8217;z mahalliy vaqti bor. Bu vaqt o&#8217;sha joy meridiani \u2014 geografik uzunlamasiga bog&#8217;liq. Bir meridiandagi soatlar bir vaqtni ko&#8217;rsatadi. Yer g&#8217;arbdan sharqqa qarab aylangani uchun berilgan Meridiandan Sharqdagi joylarda soat kechrok vaqtni, G&#8217;arbdagi joylarda ertaroqni ko&#8217;rsatadi. Ikki joyning mahalliy vaqtlari orasidagi farq shu joylar geografik uzunlamalarining soat, minut va sekundlar bilan hisoblanadigan farqiga teng. Xalqaro kelishuvga binoan, Grinvich meridiani boshlang&#8217;ich (nolinchi) meridian deb qabul qilingan. Grinvich fuqaro vaqti dunyo vaqti deb qabul etilgan. Har bir joyning o&#8217;z fuqaro vaqti bo&#8217;lishi o&#8217;zaro aloqa va sayohatlarda ko&#8217;p noqulayliklar tug&#8217;diradi. Shu sababli, bir vaqtlar turli mamlakatlarda o&#8217;z poytaxt vaqtlarini qabul qilishgan. 1884 yildan boshlab, yer shari 24 soat mintaqaga bo&#8217;lindi. Har bir mintaqadagi joylar bir xil vaqtga, ya&#8217;ni o&#8217;rtacha meridian vaqtiga ega bo&#8217;ladi. Mintaqalar Grinvich meridianidan boshlab 0 dan 23 gacha raqamlanadi. Shuning uchun ma&#8217;lum mintaqa raqamiga teng songa farq qiluvchi butun soatga teng bo&#8217;ladi. Masalan, Moskva va Sankt-Peterburg 2 &#8211; mintaqada yotganligi uchun ularning mahalliy vaqti Grinvich vaqtidan 2 soat, Toshkent 5-mintaqada joylashganligi uchun 5 soat farq qiladi. Sobiq Ittifoqda mintaqa vaqti XKS dekreta bilan 1919 yil 1 iyuldan boshlab kiritilgan. Tabiiy yorug&#8217;likdan samarali foydalanish hamda xalq xo&#8217;jaligi va turmushda elektr energiyasini mutanosib taqsimlash maqsadida ko&#8217;p mamlakatlarda yoz paytlarida soat millari 1 yoki bir necha soat oldinga suriladi. Toshkent vakti deb yuritiladigan 5 &#8211; mintaqaning dekret vaqti dunyo vaqtidan 6 soat oldindadir. Fizikada Vaqtni o&#8217;lchash o&#8217;rganiladigan jarayonlarga tezligi yoki takrorlanish davri ma&#8217;lum boshqa jarayonlarni taqqoslashga asoslangan. Katta Vaqt oraliqlari, masalan, million va milliard yillar bilan o&#8217;lchanadigan osmon jismlarining yoshi ularning tarkibiga (vodorod va geliy miqdoriga) qarab aniqlanadi. Kichikroq vaqt oralig&#8217;i \u2014 sutka, soat, minut va sekund turli soatlar yordamida o&#8217;lchanadi. Ilgari quyosh soati, suv soati va qum soatlar qo&#8217;llanilgan. Hozir Vaqtni juda aniq o&#8217;lchashga imkon beradigan mayatnikli, kvars va elektron soatlar ishlatiladi. Vaqtning juda kichik ulushlari (masalan, 0,2\u20140,01 sekund) boshqa usullar bilan o&#8217;lchanadi. Masalan, portlash reaktsiyalari sekundning yuzlarcha va minglarcha ulushi davomida o&#8217;tadi. Bunday jarayonlar ossillograf bilan qayd qilinadi. Ba&#8217;zan atom va yadro jarayonlari sekundning million va milliard ulushlari ichida o&#8217;tadi. Aniq Vaqt astronomiya rasadxonalarining vaqt xizmatlarida maxsus asboblar yordamida yulduzlarni kuzatib aniqlanadi, juda aniq yuradigan soatlar yordamida &#8220;saqlanadi&#8221; va radiosignallar yordamida tarqatiladi. Vaqtning katta bo&#8217;laklarini o&#8217;lchash uchun yil birligiga asoslangan taqvim qo&#8217;llaniladi. Elektronikaning rivojlanishi munosabati bilan 20-asr 60-yillarida astronomik kuzatuvlarga bog&#8217;liq bo&#8217;lmagan butunlay yangi vaqtni o&#8217;lchash tizimi paydo bo&#8217;ldi. Bu tizim kvant generatorlar (atom soatlari) bilan nazorat qilib turiladigan aniq kvars soatlardan foydalanishga asoslanadi. Vaqtni o&#8217;lchashning bu tizimi atom vaqti nomini oddi va Ta \/deb belgilandi. Etalon birlik sifatida atom sekunddan foydalaniladi. Uning qiymati tseziy 133 atomidagi energiya o&#8217;tishlaridan birining Rezonans chastotasi yordamida aniqlanadi. Vaqt xizmati atom soatlari yordamida aniq Vaqt radiosignallarini berib turadi. Ta vaqt sekundlari davomiyligi har yili astronomik kuzatuvlar yordamida nazorat qilinadi. Vaqtni o&#8217;lchashning barcha tizimlari muntazam ravishda bir-biriga taqqoslab turiladi. Bunday taqqoslashlar natijalari idorasi Parijda joylashgan xalqaro vaqt byurosi &#8220;Axborotlari&#8221;da e&#8217;lon qilib boriladi. O&#8217;zbekistan Fanlar Akademiyasi Astronomiya institutida ham vaqt xizmati bilan shug&#8217;ullaniladi. Ad.: Bakulin P. I., Blinov N. S, Slujba tochnogo vremeni, M., 1968.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Vaqt \u2014 1) materiyaning asosiy yashash shakllaridan biri; 2) tabiatdagi biror davriy hodisaga, masalan, Yerning o&#8217;z o&#8217;qi atrofida aylanish davriga nisbatan hisoblanadigan o&#8217;lchov birligi. Vaqtni o&#8217;lchash. Yerning o&#8217;z o&#8217;qi atrofida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/vaqt\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[207],"tags":[],"class_list":["post-98962","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-v-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/98962","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=98962"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/98962\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":98963,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/98962\/revisions\/98963"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=98962"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=98962"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=98962"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}