{"id":98966,"date":"2023-08-13T13:43:30","date_gmt":"2023-08-13T10:43:30","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=98966"},"modified":"2023-08-13T13:43:34","modified_gmt":"2023-08-13T10:43:34","slug":"vedalar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/vedalar\/","title":{"rendered":"Vedalar"},"content":{"rendered":"\n<p>Vedalar (sanskritcha Veda \u2014 bilim)\u2014 Hindiston yozma adabiyotining qadimgi yodgorligi. Miloddan avvalgi 2-ming yillikning oxiri \u2014 1-ming yillikning boshida yaratilib, Vedalar to&#8217;plamlari deb nomlanadi. Bu madaniy yodgorlikdan bizgacha 4 ta qism (Samhita): &#8220;Rigveda&#8221; (qasida, madhiya, duolar to&#8217;plami), &#8220;Samaveda&#8221; (qo&#8217;shiqlar to&#8217;plami), Ayurveda yoki Yajurveda (qurbonlik qilish yo&#8217;llari), Atharvaveda (sehrli duolar to&#8217;plami) etib kelgan. Veda adabiyoti bir necha ming yillar davomida shakllanib, qadimgi hindlar tarixidagi turli jamiyatlarning diniy-falsafiy, estetik taraqqiyot darajalarini ifodalaydi. Vedalar ichida eng qadimgisi &#8220;Rigveda&#8221; hisoblanadi. U 10 kitob (Mandala) dan iborat. Bunda tabiatdagi narsa va hodisalar (osmon o&#8217;zgarishi, quyosh, yulduzlar, momaqaldiroq, shamol, yomg&#8217;ir, tog&#8217;lar, daryolar) ilohiy kuchlar sifatida gavdalantirilib, ular sharafiga qo&#8217;shiqlar, madhiyalar to&#8217;qilgan, ularga qurbonliklar keltirilgan. Insoniyat hayoti, uning baxt-saodati ana shu kuchlarga bog&#8217;liq holda tasavvur qilingan, &#8220;Rigveda&#8221;ga ko&#8217;ra, Indra \u2014 momaqaldiroq ilohi, Mitra \u2014 Quyosh tangrisi, Varuna \u2014 osmon ma&#8217;budi, Agni \u2014 Olov ma&#8217;budi, Yama \u2014 ajal, o&#8217;lim keltiruvchi, sama \u2014 oy ma&#8217;budasi, Rita \u2014 Koinot tartibini anglatadi. &#8220;Rigveda&#8221; qo&#8217;shiqlarini to&#8217;plovchilar rishi (ilohiy qo&#8217;shiqlarni to&#8217;quvchi donishmand)lar deb atalgan. Beruniy &#8220;Hindiston&#8221; asarida yozishicha, inson bo&#8217;la turib, ilmlari sababli farishtalardan afzal va ortiq bo&#8217;lgan hikmatshunoslar rishilar, deb atalganlar. Shuning uchun farishtalar rishilardan foydalandilar, chunki rishilar bilim egasidirlar. Rishilardan yuksakda faqat Barohim turadi. &#8220;Rigveda&#8221; kitobida qadimgi dunyo falsafiy tafakkurining o&#8217;ziga xos badiiy ifodasi ko&#8217;rinadi. Unda qadimgi hindlar olam sirlari haqida fikr yuritadi. Masalan, hech narsaga tayanmagan va yopishtirilmagan Quyosh nega qulab tushmaydi? Kechasi Quyosh qayoqqa ketadi, u qayerda? Shamol qayerda tug&#8217;ilib, qayerga boradi? Olamning asosini nima (yoki nimalar) tashkil etadi? Vedalarda bu va boshqa ko&#8217;plab bunday muammolar ko&#8217;tarilgan. Sharq faylasuflari to&#8217;rt unsur \u2014 suv, olov, havo, tuproqni barcha mavjudotlarning asosi deb bilganlar. Bu jihatdan Veda falsafasi Arastu zamonidagi, keyinroq Forobiy zamonidagi falsafiy tafakkurga ta&#8217;sir etgan. Vedalar adabiyoti Vedalardan tashqari brahmanlar, aranyakalar va upanishadlardan iborat. Qadimgi Hindistonda Varna (kasta)chilik jamiyati vujudga kelganida brahmanlar adabiyoti rivojlangan. Brahmanlarda samhitalardagi kohinlarning diniy marosimlari sharhlab beriladi. &#8220;Aranyakalar&#8221; (aynan &#8220;o&#8217;rmon Kitobi&#8221;) jamiyatdagi jabr-zulmdan, g&#8217;arazli, tuban, mol-dunyoga o&#8217;ch odamlardan o&#8217;rmonlarga qochib, yolg&#8217;izlikda yashaganlarga bag&#8217;ishlangan. Upanishad (maxfiy ta&#8217;limot)lar asosan falsafiy-diniy risolalardir. Upanishadlarda falsafiy masalalar ancha keng yoritilgan bo&#8217;lib, hindlar tangrisi Brahma (Beruniyda \u2014 Barohim) borliqning ibtidosi va intihosi, barcha mavjudotlarning asosi, deb ulug&#8217;lanadi. Upanishadlarga ko&#8217;ra, moddiy olam, shu jumladan, inson ham Atma-Brahmadan paydo bo&#8217;lgan va o&#8217;shanga qaytadi. Bu fikr islomdagi \u2014 sufiylar (Ibn Arabiy, Mansur Halloj va boshqalar)ning butun borliq Allohning tajalliysi, jamoli, yaxshi, pok insonlar haq visoliga yetishib, u bilan qo&#8217;shilib ketadi, degan fikrlariga uyg&#8217;undir. Upanishadlarda aytilishicha, inson bunga erishish uchun muayyan axloqiy mezonlarga, karma va dxarma ta&#8217;limotiga rioya qilishi kerak. Upanishadlarga ko&#8217;ra, har bir inson o&#8217;zidagi ilohiy dxarmalarga muvofiq yashaydi. Agar inson bu dunyodagi hayotida pokiza, ezgu niyatlar bilan yashasa, qaytadan dunyoga kelishda yana inson bo&#8217;lib keladi. Aksincha bo&#8217;lsa, odam tuban, hayvoniy ishlar qilsa, keyingi kelishida joni hayvonga ko&#8217;chadi. Beruniy &#8220;Hindiston&#8221; asarida yozishicha: shu tabaqalar (brahmanlar, kshatriy-harbiylar, vayshya \u2014 dehqonlar, chorvadorlar, shudra \u2014 quyi tabaqa vakillari)dan kimning xalos bo&#8217;lishga tayyor va loyiq ekani haqida hindlarning fikri turlichadir. Ba&#8217;zi vedashunoslar brahmanlar va kshatriydan boshqalar qutulish (najot)ga Qobil emas, chunki Vedalarni o&#8217;rganishga faqat ular haqli xolos, deydilar. Ansoriddin Ibrohimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Vedalar (sanskritcha Veda \u2014 bilim)\u2014 Hindiston yozma adabiyotining qadimgi yodgorligi. Miloddan avvalgi 2-ming yillikning oxiri \u2014 1-ming yillikning boshida yaratilib, Vedalar to&#8217;plamlari deb nomlanadi. Bu madaniy yodgorlikdan bizgacha 4 ta &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/vedalar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[207],"tags":[],"class_list":["post-98966","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-v-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/98966","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=98966"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/98966\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":98975,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/98966\/revisions\/98975"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=98966"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=98966"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=98966"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}