{"id":99005,"date":"2023-08-13T18:46:22","date_gmt":"2023-08-13T15:46:22","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=99005"},"modified":"2023-08-13T18:46:26","modified_gmt":"2023-08-13T15:46:26","slug":"ventilyatsiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ventilyatsiya\/","title":{"rendered":"Ventilyatsiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Ventilyatsiya (lotincha ventilatio \u2014 shamollatish) \u2014 xonalarning havosini almashtirib turish hamda bu ishni amalga oshiradigai qurilmalar majmui. Shaxtalar, sanoat korxonalari, turar joy binolari, jamoat uylari havosini yangilash uchun qo&#8217;llaniladi. Binolarning havosi vaqt o&#8217;tishi bilan fizik va kimyoviy jihatdan salbiy tomonga o&#8217;zgaradi, chunki odam terisi, nafas a&#8217;zolari orqali, uskunalarning ishlash jarayonlari tufayli va boshqa yo&#8217;llari bilan tashqi muhitga issiqlik, suv bug&#8217;lari, karbonat angidrid va qo&#8217;lansa hidli moddalar (ter, organik moddalarning buzilish mahsulotlari va boshqalar) ajraladi. Ma&#8217;lumki, katta yoshdagi odam normal (20\u00b0) temperaturada tashqi muhitga 1 soatda 22\u2014 40 litr karbonat angidrid, 100-200 kkal issiqlik va 50 gradus suv bug&#8217;i chiqaradi. Yopiq xonalar havosi o&#8217;zgarganda organizmdagi ba&#8217;zi jarayonlar buzilib: kishi dimiqib qoladi. Ba&#8217;zi sanoat korxonalaridan chiqadigan badbo&#8217;y hid va kimyoviy moddalardan ifloslangan havo kishilarning Markaziy nerv sistemasi, yurak-tomir sistemasi, ichki a&#8217;zolari va hatto mushaklariga ta&#8217;sir etib, kon bosimini oshiradi, yurak urushini tezlashtiradi, ichki bosimini ko&#8217;tarib yuboradi va hokazolar. Kishilarning yashashi, ishlashi va dam olishi uchun mo&#8217;tadil sharoit yaratishda Ventilyatsiya muhim omil hisoblanadi. Issiq mintaqali joylarda, shu jumladan O&#8217;rta Osiyo hududida Ventilyatsiyaning ahamiyati ayniqsa katta. Shuning uchun bo&#8217;lsa kerak ota-bobolarimiz, ustalarimiz, qadimgi me&#8217;morlarimiz unga azaldan e&#8217;tibor berib kelishgan. Eshik va derazaning yuqori qismiga ishlangan panjaralar, oshxona, Novvoyxonalar tomidagi ochiq mo&#8217;rilar Ventilyatsiya vazifasini o&#8217;tagan. Ventilyatsiyaning tabiiy va sun&#8217;iy xillari bo&#8217;ladi. Tabiiy Ventilyatsiyada xonalar deraza va eshiklar orqali shamollatiladi. Sun&#8217;iy Ventilyatsiyada maxsus qurilmalar (ventilyator va boshqalar) ishlatiladi. Sun&#8217;iy Ventilyatsiya havo o&#8217;z-o&#8217;zidan almashinadigan (xona ichidagi va tashqi havo og&#8217;irliklari orasidagi farq hisobiga) va majburan (ventilyator yordamida) almashtiriladigan xillarga bo&#8217;linadi. Sanoat binolarida zararli va portlash xavfi bo&#8217;lgan gaz hamda changlar ejektor yordamida chiqarib turiladi. Turar joylarda eshik, rom orqali havo doimo almashinib turadi (tabiiy Ventilyatsiya), tashqi havo temperaturasi xonadagi havo temperaturasidan qancha ko&#8217;p farq qilsa, havo shunchalik yaxshi almashinadi. Ko&#8217;p qavatli uylarda xonalar havosini toza tutish uchun oshxona, vanna, hojatxona havosi Ventilyatsiya tizimi yordamida almashtirib turiladi. Ventilyatsiya umumiy (hamma xonalar markazlashgan usulda shamollatiladi) va mahalliy (xonalar alohida-alohida shamollatiladi) xillarga ham bo&#8217;linadi. Teatr, kinoteatr, restoran, maktab, kasalxona va boshqa jamoat binolarida asosan sun&#8217;iy va umumiy shamollatish tizimi ishlatiladi. Xonalarni Ventilyatsiya yordamida shamollatib turishdan tashqari ularning temperaturasi va namligini mo&#8217;tadillab turish ham zarur. Bu tadbir kondisioner va isitish tizimlari yordamida amalga oshiriladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ventilyatsiya (lotincha ventilatio \u2014 shamollatish) \u2014 xonalarning havosini almashtirib turish hamda bu ishni amalga oshiradigai qurilmalar majmui. Shaxtalar, sanoat korxonalari, turar joy binolari, jamoat uylari havosini yangilash uchun qo&#8217;llaniladi. Binolarning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ventilyatsiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[207],"tags":[],"class_list":["post-99005","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-v-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/99005","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=99005"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/99005\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":99006,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/99005\/revisions\/99006"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=99005"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=99005"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=99005"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}