{"id":9902,"date":"2021-11-12T12:40:56","date_gmt":"2021-11-12T09:40:56","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=9902"},"modified":"2021-11-12T12:40:57","modified_gmt":"2021-11-12T09:40:57","slug":"arablar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/arablar\/","title":{"rendered":"ARABLAR"},"content":{"rendered":"\n<p>ARABLAR, al-Arab \u2014 G&#8217;arbiy Osiyo va shimoliy Afrikadagi Arab mamlakatlarida yashovchi xalqlar guruhi. Umumiy soni 199 million kishi (1992). Arablar, asosan Afrika va Osiyo mamlakatlarida: Misr, Sudan, Liviya, Tunis, Jazoir, Marokash, Livan, Suriya, Iroq, Iordaniya, Saudiya Arabistoni, Yaman va boshqa yerlarda yashaydi, bu mamlakatlar aholisining qariyb 80% ini tashkil qiladi. Katta yevropeoid irqiga mansub. Arab tilida so\u2019zlashadi. Arablar ko&#8217;pchiligi sunniylar. Bundan tashqari, Arablar ichida musulmon dinining bir qancha mazhablari mavjud; shialar \u2014 Iroq, Yaman, Suriya va Livanda; ibodiylar \u2014 shimoliy Afrikada; zaydiya va ismoiliylar \u2014 shimoliy va Sharqiy Iroqda, Livanning tog&#8217;li tumanlarida yashaydilar. Misr, Livan, Suriya va Iordaniyada yashovchi Arablarning bir qismi xristian diniga e&#8217;tiqod qiladi. Asl vatani Arabiston yarim oroli. Miloddan avvalgi 1-ming yillikda va milodning dastlabki yillarida Arablar Suriya, Iroq, Shim. Afrika yerlariga kelib joylashgan. Miloddan avvalgi 1-ming yillikda dastlabki Arab davlatlari \u2014 Palmira (Tadmor), Nabateya va Lihyon vujudga kelgan. 5-asrda bir qancha Arab davlatlari (G&#8217;asson va laxm; shim. Arabistonda) paydo bo\u2019ladi. 6 \u2014 7-asrlarda ayrim Arab elatlari tashkil topdi. 7-asrda Arab xalifaligi barpo etildi. Arablarning xalifalik hududidagi boshqa xalqlar bilan aralashib ketishlari natijasida yangi elatlar va davlatlar (Falastin, Suriya, Livan (Lubnon), Iroq, Misr va shimoliy Afrika davlatlari) yuzaga keldi. O&#8217;rta Osiyo arablari \u2014 O&#8217;rta Osiyo davlatlarida yashovchi, o&#8217;zlarini Arab deb yurituvchi etnik guruh. Ajdodlari 7 \u2014 14-asrlar davomida kelib o&#8217;rnashib qolgan. O&#8217;zbek, turkman va tojik millatining tarkibiga kirgan. O&#8217;rta Osiyo arablari asosiy qismi O&#8217;zbekistonning Buxoro, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida, shuningdek Farg&#8217;ona vodiysi shimoliy-Sharqiy qismida yashaydi. 2 guruhga bo\u2019linadi: Shayboniy va sanoniy. O&#8217;rta Osiyo arablari o&#8217;zlarining qadimiy madaniyatlari, urf-odatlarining ayrim belgilarini saqlab qolganlar. Arab tili ikkinchi til sifatida ayrim qishloqlarda hozirgacha qo&#8217;llanib kelinadi. Bularning shevalarida yerlik xalqlar tilining ta&#8217;siri juda kuchli. O&#8217;rta Osiyo arablari xo&#8217;jaligida chorvachilik muhim o&#8217;rin tutadi. Suvli yerlarda yashaydigan Arablar dehqonchilik qiladi. O&#8217;zbekistonda Arablar nomi bilan bog&#8217;liq ko&#8217;plab joy nomlari mavjud. Ad.: Belyaev E. A., Arabi, islam i arabskiy xalifat v rannee srednevekove, 2-e izd., 1966; Narodi Sredney Azii i Kazaxstana, ch. 2, M., 1963; Volin S. A., K istorii sredneaziatskix Arabov, v SB.: Trudi Ivan, v. 36, M.-L., 1941.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ARABLAR, al-Arab \u2014 G&#8217;arbiy Osiyo va shimoliy Afrikadagi Arab mamlakatlarida yashovchi xalqlar guruhi. Umumiy soni 199 million kishi (1992). Arablar, asosan Afrika va Osiyo mamlakatlarida: Misr, Sudan, Liviya, Tunis, Jazoir, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/arablar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-9902","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9902","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9902"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9902\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":9907,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9902\/revisions\/9907"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9902"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9902"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9902"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}