{"id":99040,"date":"2023-08-13T20:17:24","date_gmt":"2023-08-13T17:17:24","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=99040"},"modified":"2023-08-13T20:17:24","modified_gmt":"2023-08-13T17:17:24","slug":"valyuta-tizimi-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/valyuta-tizimi-3\/","title":{"rendered":"Valyuta tizimi"},"content":{"rendered":"\n<p>Valyuta tizimi \u2014 valyuta harakati bilan bog&#8217;liq iqtisodiy va huquqiy munosabatlar majmui. Valyuta tizimi valyutalar, ulardan foydalanish va o&#8217;zaro almashinuv, to&#8217;lov vositasi sifatida qo&#8217;llanilishi, shuningdek valyutalarni ishlatish bilan bog&#8217;liq pul-kredit munosabatlarining qoida va tadbirlari majmuidan iborat. Shuningdek valyutalarni chiqarish va ularning muomalada bo&#8217;lishini tartibga soladigan organlar ham Valyuta tizimiga kiradi. Milliy, mintaqaviy (masalan, Yevropa), jahon Valyuta tizimilari mavjud. Valyuta tizimining asosiy vazifasi mamlakat ichida va mamlakatlararo pul hisob-kitoblarini ta&#8217;minlash uchun sharoit yaratishdir. Valyuta kursi tartiboti, valyuta cheklasharining bor yoki yo&#8217;qligi, xalqaro hisob-kitoblar shakli, valyutalarni o&#8217;zaro qaytarish shartlari, xalqaro valyuta va oltin bozorlari tartiboti, xalqaro valyuta-kredit tashkilotlarining huquqiy holati (masalan, Xalqaro valyuta fondi) kabilar Valyuta tizimining asosiy unsurlarini tashkil etadi. Dastlab milliy xo&#8217;jalik doirasida paydo bo&#8217;ldi. Jahon bozorining vujudga kelishi bilan jahon Valyuta tizimi ham shakllandi. 20-asr boshida jahon Valyuta tizimi o&#8217;z taraqqiyotining yuksak bosqichiga yetdi. Kapitalizmning umumiy inqirozi davrida jahon Valyuta tizimi ham inqirozga yuz burdi, oltin muomala va to&#8217;lov vositasi vazifasini yo&#8217;qotdi. Hozirgi xalqaro hisoblarning ko&#8217;pchiligi naqd pul ishtirokisiz, bank o&#8217;tkazmalari vositasida amalga oshirilsada, lekin oltin mamlakatlarning o&#8217;zaro pul oldi-berdisini va majburiyatlarini tartibga solib turuvchi so&#8217;nggi asosiy vosita hisoblanadi. Uning xazinadagi zahiralari esa valyutalar barqarorligi va ayrim mamlakatlar iqtisodiy imkoniyatlarining muhim ko&#8217;rsatkichidir. Xalqaro to&#8217;lov muomalalarida qog&#8217;oz valyutadan foydalaniladi. Bunda AQSh dollari, Germaniya markasi, Yaponiya ienasi, Frantsiya franki, Angliya funt sterlingi va boshqa valyutalarning salmog&#8217;i katta.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Valyuta tizimi \u2014 valyuta harakati bilan bog&#8217;liq iqtisodiy va huquqiy munosabatlar majmui. Valyuta tizimi valyutalar, ulardan foydalanish va o&#8217;zaro almashinuv, to&#8217;lov vositasi sifatida qo&#8217;llanilishi, shuningdek valyutalarni ishlatish bilan bog&#8217;liq pul-kredit &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/valyuta-tizimi-3\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[207],"tags":[],"class_list":["post-99040","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-v-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/99040","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=99040"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/99040\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":99049,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/99040\/revisions\/99049"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=99040"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=99040"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=99040"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}