{"id":9912,"date":"2021-11-12T12:58:03","date_gmt":"2021-11-12T09:58:03","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=9912"},"modified":"2021-11-12T12:58:04","modified_gmt":"2021-11-12T09:58:04","slug":"arava","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/arava\/","title":{"rendered":"ARAVA"},"content":{"rendered":"\n<p>ARAVA, aroba \u2014 yuk va odam tashishga mo&#8217;ljallangan, ulov qo&#8217;shib ishlatiladigan qad. transport turi. Arava shoti (aravashoti), tegarchik (g&#8217;ildirak) va o&#8217;q kabi asosiy qismlardan tuzilgan. Shoti 4,5 metrcha uzunlikdagi ikkita otyog&#8217;och (otliq), 8 ta pogona, ikki so&#8217;loq va ayg&#8217;izdan iborat. Otyog&#8217;ochlar Mirzaterakdan ishlanadi. Shoti (oralig&#8217;i 70 \u2014 80 santimetr) uchlarida ot bo&#8217;yinchasini mahkamlashga xizmat qiladigan bittadan teshiklari bo&#8217;ladi. Tegarchik (g&#8217;ildirak) gupchak, to&#8217;g&#8217;in, kegay, bellik, aravatemir, aravamix va yostiq kabi qismlardan iborat. Aravatemir, aravamixlar temirdan, boshqa qismlar qayrag&#8217;ochning chayir turi (bujun)dan yasaladi. O&#8217;q \u2014 yo&#8217;g&#8217;onligi 40 santimetr, 2,5 metr uzunlikdagi silliqlangan yog&#8217;och bo&#8217;lib, ikki uchi tegarchik gupchagiga kiritiladi va ustiga aravashoti mindiriladi. Yurganda shoti jilib ketmasligi uchun uning ostiga so&#8217;loq o&#8217;rnatiladi. Aravalar ikki, uch va to&#8217;rt g&#8217;ildirakli bo&#8217;ladi. Qo&#8217;shiladigan ulovga ko&#8217;ra, ot Arava, tuya Arava, ho&#8217;kiz Arava, eshak Arava kabi xillari farkdanadi. Ba&#8217;zi Sharq mamlakatlari (birma, Vetnam, Hindiston) da odam (riksha) tortadigan ikki g&#8217;ildirakli Aravalar ham bor. Shakli va tuzilishiga ko&#8217;ra, ochiq Arava, soyabonli Arava, ag&#8217;darma Arava, katta g&#8217;ildirakli Qo&#8217;qon Arava, kichik g&#8217;ildirakli ko&#8217;tak Arava va boshqa xillari bor. Xorazm Aravalari shaklan boshqacharoq bo&#8217;lgani uchun Xorazmcha Arava deyiladi. Aravaning ilk namunalari miloddan avvalgi 3-ming yillik oxiriga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Yevrosiyo va shimoliy Afrika hududlaridan Arava tasvirlari ko&#8217;plab topilgan. Jangovar Arava lar qadimgi Sharq davlatlari \u2014 Bobil, Xitoy, Hindiston va boshqa mamlakat qo&#8217;shinlarida bo&#8217;lgan. Qadimgi hind qahramonlik eposi &#8220;Mahabharata&#8221; (miloddan avvalgi 10 \u2014 8-asrlar) da bayon qilinishicha, Shimol va Janubiy Hindiston xalqlari ishtirok etgan buyuk jangda jangovar Aravalarda jang qilingan. Aleksandr (Iskandar Zulqarnayn) ham o&#8217;z yurishlarida Aravadan keng foydalangan. Misrliklar ikki g&#8217;ildirakli bir kishilik Aravalarda urushishgan. O&#8217;zbekiston hududidan sopoldan ishlangan to&#8217;rt g&#8217;ildirakli (Oltintepa qadimgi shahar xarobasi, miloddan avvalgi 4-ming yillik \u2014 2-ming yilliklar), quyma oltindan mo\u2019jaz ishlangan ikki g&#8217;ildirakli (Amudaryo xazshasi, miloddan avvalgi 4 \u2014 2-asrlar) Aravalar topilgan, Afrosiyob devoriy rasmlarida jangovar Arava tasvirlangan, &#8220;Boburnoma&#8221;da yozilishicha, urushlarda Aravadan mudofaa vositasi (Chep) sifatida foydalanilgan. Dunyo xalqlarining kundalik hayotida Aravaning ahamiyati beqiyos katta bo&#8217;lgan. Avtomobil va boshqa transport vositalari yaratilgunga qadar Arava asosiy transport vositasi hisoblangan. Hozir ham xalq xo&#8217;jaligida, ayniqsa, qishloq joylarda Aravadan foydalaniladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ARAVA, aroba \u2014 yuk va odam tashishga mo&#8217;ljallangan, ulov qo&#8217;shib ishlatiladigan qad. transport turi. Arava shoti (aravashoti), tegarchik (g&#8217;ildirak) va o&#8217;q kabi asosiy qismlardan tuzilgan. Shoti 4,5 metrcha uzunlikdagi ikkita &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/arava\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-9912","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9912","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9912"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9912\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":9917,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9912\/revisions\/9917"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9912"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9912"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9912"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}