{"id":99176,"date":"2023-08-14T14:57:56","date_gmt":"2023-08-14T11:57:56","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=99176"},"modified":"2023-08-14T14:58:00","modified_gmt":"2023-08-14T11:58:00","slug":"voha-tuproqlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/voha-tuproqlari\/","title":{"rendered":"Voha tuproqlari"},"content":{"rendered":"\n<p>Voha tuproqlari \u2014 sug&#8217;orma dehqonchilik mintaqalaridagi tuproqlar. Keng daryo vodiylari, tog&#8217;lararo soyliklar va tog&#8217; etaklarining Nishab tekisliklaridagi vohalarda tarqalgan. O&#8217;rta Osiyo Voha tuproqlari qadimdan dehqonchilik qilib kelinayotgan hududlardagi tuproqlarning asosiy qismini tashkil etadi. Sug&#8217;orma dehqonchilik ta&#8217;sirida Voha tuproqlari mutlaqo yangi belgilarga ega bo&#8217;lib boradi. Sug&#8217;oriladigan erlarga beriladigan suv bilan birga oziq moddalarga boy oqiziqlar keladi. Amudaryo suvlaridagi o&#8217;rtacha yillik oqiziqlar miqdori Termiz shahri yonida 206 million tonna, Nukus shahri yonida esa 104 million tonnani tashkil etadi. Oqiziqlarning asosiy qismi kanallarda cho&#8217;kib qoladi, shuning uchun sug&#8217;orish shoxobchalarini tez-tez tozalab turish zarurati tug&#8217;iladi. Zarafshon daryosi havzasidagi dalalarga sug&#8217;orish suvi bilan birga har yili gektariga 10,8 \u2014 17,8 tonnagacha oqiziq jinslar, jumladan, o&#8217;rtacha 2350 kg\/ga SaSO3 485 kg\/ga K2O va 0,41 kg\/gacha R2O5 oqib keladi. Sug&#8217;oriladigan erlarga kelib tushadigan agroirrigatsion yotqiziqlar miqdori yiliga 0,8\u20141,3 mm ga ortadi. Samarqand, Buxoro, Murg&#8217;ob va Xorazm singari qadimgi vohalardagi bunday yotqiziqlar qalinligi 1-2 metr va undan ortiq. Morfologik tuzilishi, agrokimyoviy, agrofizik, biologik xususiyatlari va meliorativ holatiga ko&#8217;ra O&#8217;rta Osiyoning sug&#8217;orma dehqonchilik mintaqalaridagi Voha tuproqlari turli tiplarga, ya&#8217;ni cho&#8217;l mintaqasining o&#8217;tloqi-voha, botqoqi-voha va taqirli-voha tuproqlariga, sur tuproqlari mintaqasining o&#8217;tloqi-voha, botqoqi-voha va sur tuproqli-voha tuproqlari tipiga mansub. Agroirrigatsion yotqiziqlar qalinligiga ko&#8217;ra: yupqa (35\u2014 50 santimetr), o&#8217;rtacha (70-80 santimetr) va juda qalin (1 metrdan ko&#8217;p) bo&#8217;lgan tuproqlarga ajratiladi. Voha tuproqlarining paydo bo&#8217;lish jarayoni o&#8217;ziga xos zonal belgilarga ega. Bu jarayonni ikki asosiy bosqichga bo&#8217;lish mumkin. Birinchi bosqichda Voha tuproqlarining tabiiy belgilari (qo&#8217;riqlik) saqlanib qoladi. Masalan, haydash va sug&#8217;orish ta&#8217;sirida tusi, qalinligi, strukturasi, chimli va chim osti qatlamlarining joylanishi turlicha bo&#8217;lgan sur tuproqlardan zichligi, mexanik tarkibi deyarli bir xil, kulrangroq haydalma va yanada zichroq haydov osti qatlamlar shakllanadi. Ad.: Bahodirov M., Tuproqshunoslik, T., 1971; Ermatov A. Q., Sug&#8217;oriladigan dehqonchilik, T., 1983. Abdurahim Ermatov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Voha tuproqlari \u2014 sug&#8217;orma dehqonchilik mintaqalaridagi tuproqlar. Keng daryo vodiylari, tog&#8217;lararo soyliklar va tog&#8217; etaklarining Nishab tekisliklaridagi vohalarda tarqalgan. O&#8217;rta Osiyo Voha tuproqlari qadimdan dehqonchilik qilib kelinayotgan hududlardagi tuproqlarning asosiy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/voha-tuproqlari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[207],"tags":[],"class_list":["post-99176","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-v-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/99176","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=99176"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/99176\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":99177,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/99176\/revisions\/99177"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=99176"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=99176"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=99176"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}