{"id":99922,"date":"2023-08-21T14:16:10","date_gmt":"2023-08-21T11:16:10","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=99922"},"modified":"2023-08-21T14:16:14","modified_gmt":"2023-08-21T11:16:14","slug":"voronej-viloyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/voronej-viloyati\/","title":{"rendered":"Voronej viloyati"},"content":{"rendered":"\n<p>Voronej viloyati &#8211; Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. 1934 yil 13 iyunda tuzilgan. Maydoni 52,4 ming km2. Aholisi 2475 ming kishi (1999), 15 shahar va 22 shaharcha bor (1991). Janubda Ukrainaning Lugansk viloyati bilan chegaradosh. Markazi \u2014 Voronej shahri. Voronej viloyatining kattagina qismini O&#8217;rta Rossiya qirlari (eng baland joyi 242 metr) va okadon tekisligi egallagan. Janubiy-Sharqiy qismida kalach qirlari bor. Foydali qazilmalari: mergel, bo&#8217;r, har xil gil, kvars kumi va boshqalar. Iqlimi mo&#8217;tadil kontinental. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi shimolda \u2014 10,5\u00b0, Janubda -8,5\u00b0, iyulniki 19,6\u00b0\u2014 21,8\u00b0. Yiliga 550-560 mm yog&#8217;in yog&#8217;adi. Vegetatsiya davri 190-200 kun. Asosiy daryosi \u2014 don va uning irmoqlari: ungda \u2014 Veduga, Devisa, Tixaya Sosna, Chernaya Kalitva, Potudan, chapda \u2014 Voronej, Bityug, Osered va boshqalar. Asosan, qoratuproq, daryo vodiylarida allyuvial o&#8217;tloqi tuproqlar tarqalgan. Viloyat dasht va o&#8217;rmon-dasht zonasida. O&#8217;rmonlar, asosan, daryo vodiylarida qolgan. Viloyatda Voronej Qunduz qo&#8217;riqhonasi va Xopyor vixuxol qo&#8217;riqxonasi tashkil qilingan. Sanoatining energetika bazasini Voronej GRES, Noviy Voronej AES va yirik korxonalarning teslari tashkil etadi. Mashinasozlik \u2014 sanoatining yetakchi tarmog&#8217;i. Kimyo, yengil va oziq-ovqat sanoati, savdo, suv xo&#8217;jaligi uchun texnologik asbob-uskunalar, metall qirquvchi stanoklar, temirchilik-press mashinalari, ekskavatorlar, yer qaziydigan frezer mashinalar, turli qishloq xo\u2019jalik mashinalari, jumladan don tozalaydigan mashinalar, ko\u2019prik konstruktsiyalari va boshqa buyumlar ishlab chiqariladi. Televizor, radiopriyomnik va radiola ishlab chiqarish katta ahamiyatga ega. Kimyo sanoati rivojlangan (sintetik kauchuk, shina, farmasevtika preparatlari Voronejda). Qurilish materiallari: o&#8217;tga chidamli buyumlar (Semiluki), tsement (Podgorenskiy), sopol plitalar, yig&#8217;ma temir-beton (Voronej), bo&#8217;r va ohak (Kopanishche) tayyorlanadi. Oziq-ovqat sanoatida yog&#8217;, shakarqand, go&#8217;sht, un-yorma tarmoqlari rivojlangan. G&#8217;alla, kartoshka va sabzavot-poliz hamda texnika ekinlari va yem-xashak ekinlari ekiladi. Chorvachilik, asosan go&#8217;sht-sut yetishtirishga ixtisoslashgan. Parrandachilikda Xolmogori G&#8217;ozi ko&#8217;p. Voronej viloyatida qoramol, cho&#8217;chqa, qo&#8217;y, parranda boqiladi. Temir yo\u2019l rivojlangan. Asosiy temir yo\u2019l magistrallari (Moskva \u2014 Voronej \u2014 Rostov-don va Penza \u2014 Liski \u2014 Xarkov) elektrlashtirilgan. Don va Voronej daryolarida kema qatnaydi. Voronej viloyatida 9 oliy o&#8217;quv yurti, 4 teatr, 4 muzey bor.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Voronej viloyati &#8211; Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. 1934 yil 13 iyunda tuzilgan. Maydoni 52,4 ming km2. Aholisi 2475 ming kishi (1999), 15 shahar va 22 shaharcha bor (1991). Janubda Ukrainaning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/voronej-viloyati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[207],"tags":[],"class_list":["post-99922","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-v-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/99922","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=99922"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/99922\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":99923,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/99922\/revisions\/99923"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=99922"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=99922"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=99922"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}