{"id":99939,"date":"2023-08-21T15:32:13","date_gmt":"2023-08-21T12:32:13","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=99939"},"modified":"2023-08-21T15:32:16","modified_gmt":"2023-08-21T12:32:16","slug":"vobkent","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/vobkent\/","title":{"rendered":"Vobkent"},"content":{"rendered":"\n<p>Vobkent (o&#8217;g&#8217;uz shevasidagi &#8220;vob&#8221; yoki &#8220;vahobkent&#8221; \u2014 &#8220;bo&#8217;z, qo&#8217;riqaagi qishloq&#8221; ma&#8217;nosida) \u2014 Buxoro viloyatidagi shahar (1981 yildan). Vobkent tumanining ma&#8217;muriy markazi. Vobkent \u2014 ko&#8217;hna shaharlardan biri. O&#8217;rta asrlarda Vobkent atrofida bir necha qishloq-qo&#8217;rg&#8217;onlar bo&#8217;lgan. Vobkentning g&#8217;arbida joylashgan Narshax qishlog&#8217;i shulardan biri. 10-asrda yashagan tarixchi olim Narshaxiy shu qishloqda tavallud topgan. Narshax qishlog&#8217;i Muqanna qo&#8217;zg&#8217;oloni markazlaridan biri bo&#8217;lgan. Vobkent 14-asr hujjatlarida o&#8217;z qozisiga ega bo&#8217;lgan qasaba, ya&#8217;ni shahar sifatida Vobkana nomi bilan tilga olinadi. 16-asrdan boshlab Vobkent ikki nom \u2014 Vobkana va Komot deb yuritila boshlagan. 17-asrning tarixchi olimi Mahmud ibn Valining (&#8220;Bahr ul-Asror&#8221;; 1634-41) kitobida Vobkent tumani nomi Komot shaklida keltiriladi. Vobkent haqida Mirzo Badening &#8220;Majma&#8217; al-arqom&#8221; (&#8220;raqamlar majmui&#8221;; 18-asr) kitobida ham ma&#8217;lumotlar uchraydi. 19-asr 2-yarmiga oid vaqf hujjatlarida keltirilishicha, Komot tumani (hozirgi Vobkent tumani)dagi Narchoq (Narshax) qishlog&#8217;ida hunarmandlar ko&#8217;p bo&#8217;lgan. Vobkentda qadimda madrasa, xammom, bozor masjidi, ko&#8217;hna Vobkand, Vobkand qo&#8217;rg&#8217;oni kabi tarixiy obidalar bo&#8217;lib, hozirda saqlanmagan. Vobkent Buxoroni Samarqand va Toshkent bilan bog&#8217;lovchi avtomobil magistral yo&#8217;li yoqasida joylashgan. Vobkentning o&#8217;rtasidan Zarafshon daryosining irmog&#8217;i Vobkent daryosi kesib o&#8217;tgan. Yaqin temir yo\u2019l stansiyasi \u2014 Buxorodan 28 kilometr. Aholisi qariyb 16 ming kishi (2001), asosan o&#8217;zbeklar; shuningdek rus, tojik, tatar, Ozarbayjon va boshqalar ham yashaydi. Tuman tashkilotlari, paxta lunkti, hunarmandchilik va badiiy buyumlar tsexi faoliyat ko&#8217;rsatadi. Me&#8217;moriy yodgorliklardan Vobkent minorasi bor. Vobkentda 1993 yil 120 o&#8217;rinli viloyat sog&#8217;lomlashtirish markazi ishga tushirildi. Qishloq xo\u2019jalik kasb-hunar kolleji (600 o&#8217;rinli), umumiy ta&#8217;lim maktablari, stadion, dorixona, davolash muassasalari, maishiy xizmat va jamoat ovqatlanish punktlari, novvoyxona, sanoat mollari va bolalar dunyosi magazini, bozor, kutubxona, madaniyat uyi, mehmonxona, yozgi va qishki kinoteatrlar, aloqa bo&#8217;limi, maishiy xizmat punktlari mavjud. Qahramon Rajabov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Vobkent (o&#8217;g&#8217;uz shevasidagi &#8220;vob&#8221; yoki &#8220;vahobkent&#8221; \u2014 &#8220;bo&#8217;z, qo&#8217;riqaagi qishloq&#8221; ma&#8217;nosida) \u2014 Buxoro viloyatidagi shahar (1981 yildan). Vobkent tumanining ma&#8217;muriy markazi. Vobkent \u2014 ko&#8217;hna shaharlardan biri. O&#8217;rta asrlarda Vobkent atrofida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/vobkent\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[207],"tags":[],"class_list":["post-99939","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-v-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/99939","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=99939"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/99939\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":99945,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/99939\/revisions\/99945"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=99939"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=99939"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=99939"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}