XAFEL
XAFEL — Germaniyadagi daryo, Elba daryosining o’ng irmog’i. Uzunligi 341 kilometr, havzasining maydoni 24,4 ming kilometr. Meklenburg ko’lli platosidan boshlanib, shimoliy Germaniya pasttekisligidan ko’l va suv omborlari orqali oqadi. Asosiy irmog’i — Shpre daryosi. O’rtacha suv sarfi 80 metr kub/sekund. Kanallar orqali Oder va Elba daryolari bilan boglangan. Xafel bo’yida Berlin, Brandenburg, Potsdam shaharlari joylashgan.