Xalil ibn Ahmad
Xalil ibn Ahmad (to’liq nomi Abu Abdurahmon alxalil ibn Ahmad ibn Amr ibn Taymir) (718, Ummon — 792, Basra) — Arab olimi. Albasriy taxallusi bilan mashhur bo’lgan. Xalil ibn Ahmad aruz ilmi asoschilaridan, u Arab grammatikasini tizimlashtirgan. “Alaruz”, “Kitob ushshavohid” (“shohidlar kitobi”), “annukat vashshakl” (“mazmun va shakl”), “annag’am” (“ohanglar”), “maoniy al- xuruf” (“yordamchi so’zlarning ma’nolari”), “jumlat Olot alArab” (“Arab tilidagi notugal gaplar”), “alavomil” (“Yuklamalar”) va boshqa asarlari mashhur. Bizgacha Arab tilining birinchi eng katta izohli lug’ati — “kitob ulayn” (“buloq kitobi”) asari yetib kelgan; Bag’dod muzeyida. Ad.: Krachkovskiy I. Yu., Izbrannie Sochineniya, t. 2, M., 1956; Zvegintsev V. A., Istoriya arabskogo yazikoznaniya, Kratkiy ocherk, M., 1958.