Xalqaro meteorologiya tashkiloti

Xalqaro meteorologiya tashkiloti — meteorologiyaga doir xalqaro ahamiyatga molik tezkor va ilmiy masalalarni birgalikda hal qilish maqsadida meteorologik xizmatlarning ishini muvofiqlashtirish uchun tuzilgan hamkorlik tashkiloti. 1871 yilda Jenevada asos solingan. Dastlab Xalqaro meteorologiya tashkiloti direktorlar konferentsiyasidan iborat bo’lgan, keyinchalik president tomonidan boshqariladigan ijrochi kotibiyatdan, shuningdek, jahondagi meteorologiya tarmoqlari, aerologiya, iqlimshunoslik, sinoptik axborotlar va boshqa masalalar bilan shug’ullanadigan bir qator komissiya va kichik komissiyalardan iborat bo’lib qoldi. Bu tashkilot ayrim hollarda xalqaro s’yezdlar uyushtirib turadi. BMT meteorologiya xizmati direktorlarining Vashington konferentsiyasi qaroriga binoan, 1947 yilda Xalqaro meteorologiya tashkiloti o’rniga Jahon meteorologiya tashkiloti (JMT) tashkil qilindi (unga 150 dan ortiq davlat a’zo, O’zbekiston Respublikasi 1992 yil 23 dekabrda a’zolikka qabul qilingan).