XANKA

XANKA — Rossiya Federatsiyasi Primore o’lkasi va Xitoydagi ko’l. Havzasining maydoni 4190 kilometr kvadrat (shundan Rossiya Federatsiyasida 3030 kilometr kvadrat). Uzunligi 95 kilometr. O’rtacha chuqurligi 1-3 metr, eng chuqur joyi 10,6 metr. XANKA bo’yi pasttekisligida joylashgan. Allyuvial yotqiziqlar kichik XANKA ko’lini Xankadan ajratib turadi. Qirg’og’ining ko’p qismi botqoq. Suvi chuchuk, loyqa. Noyabrda muzlab, aprelda muzdan bo’shaydi. Xankaga Lefu, mo va boshqa daryolar quyiladi, ko’ldan Ussurining chap irmog’i Sungacha daryosi oqib chiqadi. Baliklar (sazan, Kaluga va boshqalar), suv toshbaqasi, Qunduz bor. Ondatra iqlimlashtirilgan. Kema qatnaydi.