Xarappa

Xarappa — Xarappa madaniyati bosh markazlaridan birining xarobasi. Pokistonning Mo’lton viloyatidagi Ravi daryosining eski o’zani yaqinida joylashgan. 19-asrning 50-yillarida ingliz olimi A.Kanningxem tomonidan ochilgan. Keyinchalik ingliz va xind arxeologlari J. Marshall, E. Makkey, M.Uiler, D.Saxni, R.Banerjilar tadqiq qilganlar. Qishloq 260 gektardan ziyod maydonni egallab, qal’a va quyi shahar qismidan iborat bo’lgan. Shahar qismi aniq reja asosida qurilgan, u kvartallarga bo’lingan, ishlab chiqarish, xo’jalik majmualari (g’alla ombori, tegirmonlar, quyish ustaxonalari) mavjud bo’lgan. Xarappadan topilgan boshqa moddiy madaniyat yodgorliklari Xarappa madaniyatining barcha qishloqlari uchun ham xosdir.