XARSANI (HARSANYI) JON

XARSANI (HARSANYI) JON (1920.29.5, Budapesht — 2000) — Amerikalik iqtisodchi. Budapesht universitetida sotsiologiya bo’yicha fan doktori (1948). 1950 yildan Avstraliyada yashagan. 1958 yilda Stanford universiteti (AQSh)da o’yinlar nazariyasi bo’yicha doktorlik dissertasiyasini himoya qiddi. 1961 yilda Deytroyt universiteti professor 1964-90 yillarda Berklidagi Kaliforniya universitetida ishlagan. Xarsanining ilmiy ishlari o’yinlar nazariyasiga bagishlangan (nokooperativ o’yinlar, to’la bo’lmagan axborotlar sharoitidagi o’yinlar). “Axborotlar iqtisodiyoti” asoschisi. Nobel mukofoti laureati (1994; R. Siten va J. Nesh bilan birga).