XASKASH

XASKASH — xashak, xascho’p va boshqalarni yig’ish, to’plash yoki urug’i sochib ekiladigan o’simliklar (arpa, bug’doy, ukrop, kashnich va boshqalar)ni ekishga mo’ljallab haydalgan yoki chopilgan yer tuprog’ini maydalab tekislash uchun ishlatiladigan qishloq xo’jaligi va uy-ro’zg’or quroli. Uy-ro’zg’orda ishlatiladigan Xaskashning uzun dastasi yog’ochdan, ko’p tishli tanasi toblangan pishiq metalldan yasaladi. Qishloq xo’jaligida ishlatiladigan Xaskashning traktorga tirkab yoki osib ishlatiladigan xillari bo’ladi. Bunday Xaskash o’rilgan o’simlik (beda, o’t va boshqalar) poyalarini uyum qilib to’plash, quritish uchun ag’darib turish, bog’bog’qilib bog’lashga tayyorlashda ishlatiladi.