XATIN
XATIN — Belorussiya Respublikasining Minsk viloyati Logoy rayonidagi sobiq qishloq. U 1943 yilda nemis fashistlari tomonidan aholisi (149 kishi, shu jumladan, 75 bola) bilan birga yoqib yuborilgan. 1969 yil qishloq o’rnida Xatin memorial me’moriy-haykaltaroshlik majmuasi (“Xatin bongi”), “qishloklar qabristoni”, ” Xatin tutuni”, memorial lavhali va mangu olovli “Xotira maydoni”, “bo’ysunmagan odam” haykali bunyod etilgan (me’morlar: Yu.M. Gradov, V. P. Zankovich, L. M. Levin, haykaltorosh S. I. Selixanov).