XAURA
XAURA — Hindistondagi shahar. Katta Kalkutta aglomeratsiyasi tarkibida, G’arbiy Bengaliya shtatida. Aholisi 1,01 million kishi (2001). Xugli daryosi bo’yidagi port. Ip gazlama va jut sanoatining yirik markazi. Qog’oz, oynashisha, metallsozlik, mashinasozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Botanika bog’i bor.