Xayek (Hayek) Fridrix avgust fon

Xayek (Hayek) Fridrix avgust fon (1899.8.5, Vena 1992.23.3, Frayburg) — iqtisodchi va faylasuf. Iktisodiy nazariyadagi Avstriya maktabi an’analarini rivojlantirgan iktisodiy liberalizm maktabi vakili. Vena universitetini tugatgan (1921). Buyuk Britaniya, AQSh, Germaniya va Avstriyada ishlagan. Ilmiy ishlari pul nazariyasi, iqtisodiyot fanining metodologik muammolari, iqtisodiy, ijtimoiy va tuzilmaviy hodisalarning o’zaro aloqadorligi masalalariga bag’ishlangan, keynschilikning ko’pgina qarashlariga e’tiroz bildirgan. Sosializm g’oyalari va amaliyotini qattiq tanqid qilgan. Asosiy asarlari: “narxlar va ishlab chiqarish” (1931), “qullikka yo’l” (1944), “qonun, Qonunchilik va erkinlik”, 1-3 jildlar, (1973-79) va boshqalar. M. Fridmen bilan hamkorlikda G’arb mamlakatlari iqtisodiy siyosatida neokonservativ burilish ilhomchilaridan biri. Nobel mukofoti laureati (1974, T.Myurdal bilan birgalikda).