Xazonrezgilik

Xazonrezgilik — daraxtlar va butalar, ba’zan o’tlar (qichitqon o’t) bargining to’kilishi. Barglar yilning muayyan davrida bir vaktda (masalan, barg to’kadigan daraxtlarda) yoki uzoq vaqt davomida (doim yashil o’simliklarda) bittadan to’kilishi mumkin. Tropik mintaqalarda daraxtlar bir necha kun, mo’tadil iqlimli hududlarda 8-9 oy bargeiz bo’ladi. Xazonrezgilik — barglarning qarishi bilan bog’liq normal fiziologik jarayon. Xazonrezgilik oldidan barglarda chuqur biokimyoviy va fiziologik o’zgarishlar sodir bo’ladi: xlorofill yemiriladi; karotinoidlar uzoq vaqt saqlanib qolib, bargning kuzgi rangini belgilaydi. Barglardagi oziq moddalar zaxira to’plovchi organlar (tuganaklar, ildizmeva, ildizpoyalar) o’sish nuqtalari va yosh novdalarga o’tadi. Xazonrezgilik mexanizmi barg yoki barg bandi asosida parenxima hujayralari hisobidan ko’chib tushadigan qatlamning hosil bo’lishi bilan bog’liq. Bargni poyada ushlab turadigan o’tkazuvchi to’kima bargning og’irligi va shamol ta’sirida uzilib, to’kiladi. Xazonrezgilik o’simliklarning namlik sarfini kamaytirish va novdalarni qor og’irligi ta’sirida sinishdan saqlanishga moslanishdan iborat evolyutsion jarayon.