Xo’jalik yili

Xo’jalik yili – hisobotlar va rejalar uchun asos qilib olinadigan muayyan davr, vaqt bo’lagi (davomiyligiga kura kalendar yilga teng). Jahon mamlakatlarida Xo’jalik yilining boshlanishi va oxiri turlicha bo’lib, kalendar yil boshi va oxiriga to’g’ri kelmaydi. Masalan, Yaponiya va Buyuk Britaniyada Xo’jalik yili kalendar yilning 1 apreldan boshlanib kelgusi yilning 31 martida, AQShda 1 oktabrdan boshlanib kelgusi yilning 30 sentabrgacha davom etadi. Sobiq SSSRda 1930 yil sentabrga qadar Xo’jalik yili 1 oktabrdan boshlanib kelgusi yilning 30 sentabrda tamom bo’lgan. O’zbekistonda Xo’jalik yili 1 yanvardan boshlanib 31 dekabrda tugaydi.