Xo’janiyozov Sapar
Xo’janiyozov Sapar (1913.15.4, Kegeyli tumani — 1983.15.4, Nukus) — qoraqalpoq adibi, aktyor va rejissyor. O’zbekiston xalq artisti (1973). Qoraqalpog’istonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1957). Moskva teatr san’ati intini tugatgan (1959). 193576 yillarda Qoraqalpoq musiqali drama teatrida ishlagan. “Guliston” she’riy to’plami (1948), “Oysha”, “Ziyoda”, “baxt”, “Go’zallar”, “oyquloq”, “Taluas” pyesalari, “oq oltin dalalarining kishilari” qissasi nashr qilingan. “Suymaganga suykanma” komediyasi keng shuxrat qozongan. “Qizlar” musiqali komediyasi, “ahmoq podsho” (Berdaq dostoni asosida), “Mamanbiy” (T. Qayipbergenov romani asosida) musiqali dramalarini yaratdi. Aktyor sifatida Mitya (“kambag’allik ayb emas”), Boysari (“Alpomish”), Maqdonald (“Amerika ovozi”) kabi obrazlari unga katta shuhrat keltirgan. “Oltin ko’l” (Uyg’un), “boy ila xizmatchi” (Hamza), “Og’riq tishlar” (A. Qahhor), “Qiz Jibek” (G. Musrepov) singari spektakllarni sahnalashtirgan. Berdaq nomidagi Qoraqalpog’iston Davlat mukofoti laureati (1960).