Xom ashyo

Xom ashyo — konlardan olingan foydali qazilmalar va boshqa tabiiy resurslar, ulardan ishlab chiqarilgan va yana ishlov talab etadigan mahsulotlar. Keng ma’noda Xom ashyo mehnat ta’sirida o’zgargan va yanada ishlanishi lozim bo’lgan mehnat predmetinn anglatadi. Ishlab chiqarish jarayonida Xom ashyodan tayyor mahsulot yoki yarim Fabrikat paydo bo’ladi. Xom ashyoning jami xilma-xil ko’rinishlari kelib chiqishiga ko’ra sanoat va qishloq xo’jalik xom ashyosiga bo’linadi. Sanoat Xom ashyosi, o’z navbatida, mineral va sun’iy Xom ashyoga bo’linadi. Ishlatilishiga ko’ra, mineral Xom ashyo yoqilg’i-energetika (neft, tabiiy gaz, kumir, uran, yonuvchi slaneslar), metallurgiya (qora, rangli, Nodir va asl metallar rudalari), kon-kimyo (Agronomiya rudalari, bariy, kaltsiy ftorid, oltingugurt), texnika (olmos, grafit, slyuda), qurilish materiallari (tsement, keramika) ishlab chiqarish Xom ashyolari va boshqalarga bo’linadi. Sun’iy Xom ashyoga sintetik smolalar, plastmassalar, sintetik kauchuk, sun’iy teri, sintetik yuvish vositalari va boshqalar kiradi. Qishloq xo’jaligi Xom ashyosi va o’rmon xo’jaligi, baliq ovlash va tayyorlov tarmog’ining ishlov berilmagan (xom) mahsulotlari o’simlik Xom ashyosi (don va texnika ekinlari, yog’och, yovvoyi va shifobaxsh o’simliklar) va hayvonot Xom ashyosi (go’sht, baliq, sut, teri, jun) ga bo’linadi. Ayrim sanoat tarmoqlarida Xom ashyoni birlamchi (metallurgiyada rudalar, qog’oz sanoatida tsellyuloza) va ikkilamchi (metall parchalari, makulatura) turlarga bo’lish muhim amaliy ahamiyatga ega. Ikkilamchi xom ashyodsh to’g’ri foydalanish ijtimoiy mehnatni tejashni ta’minlaydi. Birlamchi Xom ashyoni kompleks qayta ishlash sanoatning Xom ashyo bazasini kengaytirish va iqtisodiy samaradorligini oshirishda muhim manba hisoblanadi.