XONA
XONA (arifmetikada) — o’nli sanoq sistemasida yozilgan natural sonda qatnashgan raqamlar o’rni. Masalan, 7816 — to’rt xonali son. 6871679123 sonida 9 raqami chapdan 7 xonada turibdi deyiladi. Natural son uchun har bir xona o’z nomiga ega: o’ngdan 1 xona “birlar”, 2 xona “o’nlar”, 3—xona “yuzlar”, 4— xona “minglar”, 7—xona “millionlar”, 10— xona “milliardlar” xonasi deyiladi.