XONIARA
XONIARA — Solomon orollari davlati poytaxti. Guadalkanal orolida joylashgan. Aholisi 44 ming kishi (1998). Tinch okeanning marjon dengizi sohilidagi port (chetga kopra, muzlatilgan baliq, kokos, moylar chiqariladi). Shahar atrofida kokos palmasi plantatsiyalari bor.