XONKENDI

XONKENDI (1990-yillar boshigacha Stepanakert) — shahar, Ozarbayjon Respublikasi tarkibidagi tog’li Qorabog’ markazi. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 55,2 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Yengil (ipak kombinati, poyabzal, gilam, tikuvchilik fabrikalari) va oziq-ovqat (sut, go’sht kombinatlari, vino zavodlari) sanoatlari rivojlangan. Asfaltbeton, elektrtexnika, qishloq xo’jalik mashinalari zavodlari, qurilish materiallari kombinati, mebel fabrikasi bor. Pedagogika instituti, teatr, tarixiy-o’lkashunoslik muzeyi mavjud.