Xorazm vohasi

Xorazm vohasi — Amudaryoning quyi qismidagi qadimgi voha. Xorazm vohasida O’zbekistonning Xorazm viloyati, Qoraqalpog’istonning Janubiy g’arbiy qismi hamda Turkmaniston Toshhovuz viloyatining shimoliy Sharqiy qismi joylashgan. Shimoldan (shartli ravishda) Qo’ng’irot kengligi, G’arb va Janubda Ustyurt platosi va Qoraqum cho’llari, sharqda Qizilqum cho’li bilan chegaradosh. Xorazm vohasi hududi yuzasining shakllanishi Amudaryo akkumulyativ faoliyati bilan bog’liq. Daryoning cho’kindi va gil yotqiziqlari ming yillar davomida shu hududda to’planib deltalarni hosil qilgan. Xorazm vohasi Janubda Tuyamo’yin tangligiga qadar davom etgan. Voha shimol va shimoli G’arb tomon 300 kilometrdan ziyod masofaga cho’zilgan. Eni chekka Janub qismida (Tuyamo’yin tangligida) 10-12 kilometr, shimol qismida 120-130 kilometr, Sulton Uvays tizmasining g’arbiy qismida (taxtatosh tangligida) 70-80 kilometr. Tuyamo’yin tangligidan shim.da Xorazmtoshhovuz tekisligi joylashgan. Xorazm vohasining yer yuzasi to’rtlamchi davrda allyuvialdelta yotqiziqlarining asta-sekin to’planishi va deltaning Orol dengizi va Sariqamish botig’i tomon o’sishi natijasida shakllangan. Ular yoshi va litologik tarkibi jihatidan bir xilda emas. Ayrim kichik botiqparda ko’l yotqiziqlari ham uchraydi. Qadimdan dehqonchilik qilinadigan yerlarda (qalinligi 2— 3 metrli) Agroirrigatsion qatlamlar to’plangan. Xorazm vohasi yer yuzasi tuzilishi jihatidan, asosan, yassi tekislik, shimol va shimoli G’arb tomon bir oz Nishab. Nishablik juda kam bo’lganidan Amudaryo (ayniqsa, vohaning shimol qismida) tarmoqlanib sekin oqadi. Shu bois, bir nechta qadimgi o’zanlar (Ko’hnadaryo, Daryolik, Davdon, Sho’rtonboy, Kreyto’zak, Itkrao’zak, Qorao’zak va boshqalar) vujudga kelgan. Ular orasida turli balandlikdagi bir qancha tepalik va marzalar joylashgan. Xorazm vohasi yer yuzasi inson faoliyati ta’sirida ham o’zgargan (kanal, ariq, zovurlar qazilgan). Xorazm vohasi shim. kenglikda joylashgan. Yanvarning o’rtacha temperaturasi -4,5°, -7,6°. Eng past temperatura -32°, ba’zi yillarda -4 g, -43°. Iyulning o’rtacha temperaturasi 25,3°-28,4°. Eng yuqori temperatura 41°-44°. Hozirgi kunda, Orol dengizi sathining pasayishi oqibatida yozgi temperatura ortib, qish sovuqlashib bormoqda. Xorazm vohasi eng qurg’oqchil vohalardan hisoblanadi (yiliga 80-120 mm yog’in tushadi). Yog’in miqdori Janubdan shimolga ortib boradi. Yog’inning ko’p qismi qish va bahor fasllarida tushadi. Amudaryo tarmoqlarining ko’pchilik qismi quruq o’zanlarga aylangan. Xorazm vohasida 100 dan ortiq ko’l (To’ng’izko’l, Sho’rko’l, Ulug’sho’rko’l, Kernay, Qorateran, Bo’tako’l, Oqchako’l, Oltinko’l, Zeyko’l, Oqko’l va boshqalar) mavjud. Xorazm vohasida turli tuproq tiplari tarqalgan. Katta qismida o’tloqqayir allyuvial, sug’oriladigan o’tloq (o’tloqvoha) tuproklar hosil bo’lgan. Ulardagi chirindi moddalar miqsori 2-3%. Bu tuproqlar pastqam, grunt suvlari yer yuzasiga yaqin yerlarda sho’rlangan. Botqoqsho’rxok tuproqlar ham uchraydi. Tuproqlar insoniyatning bir necha ming yillardan beri davom yetib kelayotgan xo’jalik faoliyati ta’sirida o’zgarib, madaniy voha tuprog’iga aylangan. Vohada yovvoyi o’simliklardan qamish, turang’il, yovvoyi jiyda, tol, yulg’un, yantoq, ajriq, bug’doyiq, sarsazan, qorabaroq, tamarisk, sho’ra va boshqalar o’sadi. Cho’llarga yondosh qismida selin, juzg’un, oq saksovul, quyonsuyak, qizilcha va boshqalar tarqalgan. Yovvoyi hayvonlardan chiyabo’ri, tulki, to’qay mushugi, bo’rsiq, ko’rsichqrn, kalamush, tipratikan, ondatra; qushlardan chumchuq, mayna, zarg’aldoq, bedana; Daryo qayirlari va ko’llarda qirg’ovul, g’oz, o’rdak va boshqalar uchraydi. Daryo va ko’llarda balikdarning bir qancha turi bor. Xorazm vohasi yer, o’simlik va iqlim resurslariga boy. Voha hududidagi o’simlik va hayvon turlarini o’rganish va muhofaza qilish maqsadida Badayto’qay davlat qo’riqxonasi tashkil etilgan. Murod Mamatqulov.