Xorazmiylar, xorasmiylar

Xorazmiylar, xorasmiylar — Qadimgi Xorazmda yashab, Xorazmiy tilida so’zlashgan xalq. Taxminlarga ko’ra, Xorazmiylar Hilmand vodiysi (Hirot atrofida)dan Amudaryoning quyi oqimidagi yerlarga miloddan avvalgi 1-ming yillik o’rtalarida ko’chib kelganlar va mahalliy massaget qabilalari bilan aralashib, ularga o’z nomlarini berganlar. Xorazmiylar ilk bor Btshistun kitobalari, shuningdek, Gerodot, Gekatey Miletlik asarlarida qayd etilgan. Jumladan, Gerodotning yozishicha, Xorazmiylar Amudaryo deltasi (Orol dengizi bo’yida) va hozirgi Xiva vohasi Janubda yashaganlar. Miloddan avvalgi 6-5-asrlar bo’sag’asida “xorasmiya shaxri” va Xorazmiylar mamlakati haqida miletlik Gekatey xabar beradi. Misrdagi Nil daryosi bo’yidagi miloddan avvalgi 5-asrga oid shahar xarobalaridan topilgan bir xujjatda Xarchin ugli Dargman ismli bir xorasmiy sarkardasi tilga olingan, u Axomaniylar qo’shinining bosh qo’mondoni bo’lgan. Xorazmiylar uzlarining jangovarliklari bilan ajralib turganlar. Xorazmiylar Xorazmdan tashqarida, hatto Xazar xoqonligi qo’shinida ham katta mavqega ega edilar, xoqonlik qo’shini, asosan, Xorazmiylardan tashkil topgan.