Xorda

Xorda (Yunoncha chorde — pay, ip) — xordali hayvonlarning elastik o’q skeleti. Birlamchi ichak orqa qismining o’rtasidan bo’rtib chikishi natijasida hosil bo’ladi. Bu bo’rtiq keyinchalik cho’zilib, nerv nayi ustida joylashadigan bo’ylama uzun ipga aylanadi. Lantsetniklar, to’garakog’izlilar va ayrim baliqlar (yaxlitboshlilar, osyotrsimonlar, ikki xil nafas oluvchilar)da hayoti davomida saklanib qoladi, boshqa umurtqalilar va qobiklilarda faqat embrion davrida bo’ladi. Hayvon tanasi to’lqinsimon egilganida (suzganda) Xorda ham segmentlashgan yonbosh muskullar ta’sirida egiladi. Voyaga yetgan umurtqalilarda Xorda atrofida Tog’ay yoki suyak hosil bo’ladi; keyinchalik Tog’ay siqib chiqarilishi natijasida Xorda umurtqa pog’onasi bilan almashinadi; Xorda qoldiqlari umurtqalar tanasi oralig’ida saqlanib qoladi yoki yo’qolib ketadi (qushlar). Xorda qobig’ining pishiqligi, tarangligi va tayanch funktsiyasi uning hujayralari turgor holati bilan bog’liq.