XORTI (HORTHY) MIKLOSH
XORTI (HORTHY) MIKLOSH (1868-1957) — Vengriya diktatori (1920— 44), kontradmiral (1918). 1918 yildagi Kotor qo’zg’oloni va 1919 yildagi Vengriya sovet Respublikasidagi qo’zgolonlarni bostirishda ishtirok etgan. 1941 yilda Vengriya Germaniya tomonidan turib SSSRga qarshi urushga kirgan. 1944 yil oktabrda hokimiyatni F. Salashi qo’liga topshirib, xorijga ketgan.