Xurrit tili

Xurrit tili — Armaniston tog’ligi Janubida, shim. Suriya va Mesopotamiyada, kichik Osiyoning Janubiy Sharqiy qismida va Ugarit shahrida tarqalgan o’lik til. Xurrit tilining genetik aloqalariga doir yagona fikr mavjud emas. Rus olimlari I.M. Dyakonov va S.A. Starostinlarning Xurrit tili va unga qarindosh urart tilining naxdog’iston tillari bilan qarindoshligi haqidagi farazi bir qadar ishonchli fikr xisoblanadi. Xurrit tilining saqlanib qolgan yodgorliklari unda o’zaro farqdanuvchi 6 lahja borligini ko’rsatadi. Xurrit tilining eng qadimgi yodgorligi miloddan avvalgi 3-ming yillik oxiriga mansub. Xorijiy tillar matnlaridagi atokli otlar va so’zlar miloddan avvalgi 2-ming yillikdan keyin ham Xurrit tili Arman tog’liklarining ayrim joylarida so’zlashuv tili sifatida qo’llanganini ko’rsatadi. Miloddan avvalgi 1-ming yillikdayoq bunday matnlar mavjud bo’lmagan. Yozuvi — bo’g’inli mixxat; Ugarit alifboli mixxatida ham yodgorliklar uchraydi.