Y

Y — o’zbek kirill alifbosining o’n birinchi harfi. Jarangli, til o’rta, sirg’aluvchi undosh tovush. So’z boshi (yo’l, yig’), o’rtasi (keyin, kiyim) va oxiri (to’y, saroy)da kela oladi. Ayrim so’zlarda, t, D tovushi o’rnida keladi (ketin—keyin), ba’zilarida z ga moslashadi (yoy-yoz; so’ylamoq—so’zlamoq). Qipchoq shevasida so’z boshida bu tovush o’rnida j qo’llanadi (yo’l—jo’l, yo’q—jo’q). Bu xususiyat qadimgi talaffuz qonuniyatlari bilan bog’liq bo’lib, Mahmud Koshg’ariy davri tilida ham kuzatiladi. O’rxun-Enisey, turkiy yozuvlarida, shuningdek, Arab, lotin grafikasidagi alifbolarda o’ziga xos ko’rinishga ega. So’g’d yozuvida uchramaydi.