YALPI DAROMAD

YALPI DAROMAD – korxonada olingan sof daromadning bir qismidir. Ma’lumki, yalpi foyda amalda sotilgan mahsulot qiymati va ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar o’rtasidagi farq sifatida namoyon bo’ladi. U markazlashtirilgan davlat sof daromadi va korxona sof daromadiga bo’linadi. Markazlashtirilgan davlat sof daromadi qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz solig’i va foydadan ajratmalardan hosil bo’ladi. Qo’shilgan qiymat solig’i va aksiz solig’i korxona mahsulotini sotish jarayonida qat’iy me’yorlar bo’yicha undiriladi, foydadan ajratmalar korxona tomonidan uni taqsimlash paytida davlat budjetiga kiritiladi. Foydaning boshqa qismi korxonaning ixtiyorida qoldiriladi va davr xarajatlari, moliyaviy faoliyatdan talofotlar, dividendlarni to’lash va boshqa ehtiyojlar xarajatlarini qoplash uchun ishlatiladi.